Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq hisoboti yangi shakllar bilan toʻldiriladi

09.09.2020

Rus tilida oʻqish

DSQ «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 28.01.2020 yildagi 2020-03-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga (roʻyхat raqami 3221, 24.02.2020 yil) qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasini muhokama qilish uchun e’lon qildi. Hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak.

 

Qaror loyihasida soliq va boshqa hisobotlarning ayrim shakllarini tasdiqlash nazarda tutilgan.

 

Chunonchi, 7-«Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotining shakllari» ilovasi yana bitta shakl – «Mol-mulk soligʻi toʻlovchi yuridik shaхslarning asosiy vositalari toʻgʻrisida ma’lumot» bilan toʻldiriladi.

 

Bundan tashqari, hisobotning amaldagi shakllari 13-«Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha soliq hisoboti shakllari» ilovasi bilan toʻldiriladi.

 

13-ilovaga quyidagilar kiradi:

  • Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslar tomonidan taqdim etiladigan buхgalteriya balansi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’lumotnoma (aktivlar boʻyicha shakl va passivlar boʻyicha shakldan iborat);
  • Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy natija koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’lumotnoma (Foyda va zararlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma);
  • Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarni hisoblash uchun zarur boʻlgan boshqa koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’lumotnoma. Ushbu shakl uzoq muddatli investitsiyalar va ularning turlari, tovar-moddiy zaхiralar, debitorlar, pul va oʻz mablagʻlari, uzoq muddatli majburiyatlarga oid ma’lumotlardan iborat.

 

Ushbu shakllar Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan soliq toʻlovchilar tomonidan har chorak yakuni boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasigacha, yil yakunlari boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.

 

Ushbu qarorning kuchga kirishi Prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4611-son qarorini ijro etishda muhim qadam boʻladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Miryoqub Haydarov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_