Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq oʻquv yurtlarida ishni tashkil etishni qanday rejalashtirishmoqda

24.12.2020

Rus tilida oʻqish

DSQ Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq teхnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi.

 

Prezidentning 2020 yil 4 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4879-son qaroriga muvofiq DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Fiskal instituti tashkil etilgan.

 

Hujjatning loyihasi bilan DSQ Institutga hujjatlarni qabul qilish muddati va tartiblari hamda kirish imtihonlari sanalarini Davlat test markazi bilan kelishilgan holda mustaqil belgilashi taklif qilinmoqda. Institutga qabul parametrlari hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan ehtiyoj tahlili asosida aniqlanadi.

 

Barcha mulkchilik shaklidagi tashkilotlar Institut va uning qoshidagi soliq teхnikumlarida kadrlarni tayyorlash uchun buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etishlari, shu jumladan bitiruvchilar tomonidan oʻqish tugagandan keyin buyurtmachi tashkilotda shartnomada koʻrsatilgan muddat davomida uzluksiz ishlab berish majburiyati olingandan keyin kadrlarnig maqsadli oʻqishi uchun toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

 

Soliq tizimida ishlayotgan va ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan soliq kollejlari bitiruvchilari Institutga imtihonlarni topshirmasdan suhbat asosida oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab oʻqishga kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

Hujjat bilan:

  • Institut Vasiylik Kengashining tarkibi va Nizomi;
  • Institut qoshidagi Buхoro, Fargʻona va Toshkent soliq teхnikumlari faoliyatini samarali tashkil etish kompleks dasturini tasdiqlash taklif qilinmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_