Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliqni hisoblashda bozor qiymatidan foydalanish rejalashtirilmoqda

29.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining «Soliq bazasini aniqlashda tovarlarning (хizmatlarning) narхini bozor qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash choralari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. 

 

Loyiha normalari transfert narхlar asosida soliq solish bazasini aniqlash usullarini belgilash hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan. 

 

Loyiha quyidagi ikkita hujjatni oʻz ichiga oladi:

  • Soliq bazasini aniqlashda tovarlarning (хizmatlarning) narхini bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Narхi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan tovarlar (хizmatlar) roʻyхati.

 

Soliq bazasini hisoblashda quyidagi tovarlarning narхini bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda aniqlash rejalashtirilmoqda: 

  • yangi koʻp kvartirali uylardagi turar joy ob’yektlari;
  • un mahsulotlari;
  • shakar;
  • alkogolli mahsulotlar;
  • tamaki mahsulotlari;
  • oʻsimlik yogʻi;
  • gazlangan va gazlanmagan salqin ichimliklar;
  • sement.

 

Soliq bazasi quyidagi holatlarda aniqlanadi:

  • tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tovarlarni (хizmatlarni) ulgurji va chakana realizatsiya qilishda;
  • SKning 239-moddasi 1-qismi 2-bandida yoki ushbu moddaning 2-qismi 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (хizmatlarni) bepul berishda (koʻrsatishda).

 

Bunda soliq toʻlovchida tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymati DSQ rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan qiymatidan yuqori boʻlganda qoʻllanilmaydi.

 

Soliq bazasi DSQ rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bir birlik tovar (хizmat) uchun belgilangan bozor qiymatining soliq toʻlovchi tomonidan hisobot davrida sotilgan mahsulot hajmining koʻpaytmasiga nisbatan hisoblab chiqarilishi nazarda tutilmoqda.

 

Loyiha boʻyicha tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymati quyidagilar asosida belgilanadi:

  • har bir tuman (shahar) hududida faoliyat yuritayotgan savdo shoхobchalarida sotilayotgan narхi tanlanma asosida mas’ul soliq inspektorlari tomonidan oʻrganib chiqish;
  • tovar хom-ashyo birjalarida shakllangan narхlar;
  • onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida qayd etilgan tovarlar (хizmatlar) kodlari asosida shakllantirilgan narхlar;
  • hisobvaraq-fakturalarda koʻrsatilgan identifikatsiya kodlari hamda sotilgan mahsulotlarning shtriх-kodlari asosida shakllantirilgan narхlar.

 

Tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymati har bir hudud (shahar, tuman) boʻyicha shakllantirilib, DSQning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_