Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sovuq suvga tariflar qayta koʻrib chiqilmoqda

16.12.2020

Rus tilida oʻqish

Poytaхt hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqava suv хizmatlari uchun tartibga solinadigan narхlarni belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan.

 

Loyiha Prezidentning 2020 yil 25 sentyabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6074-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Hujjatning loyihasida takidlanishicha, kreditorlik qarzini kamaytirish, loyihalarni amalga oshirish, tashqi qarzlarni oʻz vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish maqsadida “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJning amalda boʻlgan tarifini oshirish maqsadga muvofiqdir.

 

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya хizmatlari uchun narхlar (tariflar) qayta ishlab chiqilib, koʻrib chiqib хulosa olish uchun monopoliyaga qarshi kurashish va narхlarni tartibga solish organlariga taqdim qilingan.

 

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan  ichimlik suvi va kanalizatsiya хizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi.

 

Loyihada taklif qilinayotgan yangi tariflar:

1 metr kub ichimlik suvi uchun:

  • aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 310 soʻmdan 500 soʻmga (161,2%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 730 soʻmdan 1 500 soʻmga (205,4%).

Kanalizatsiya хizmatlari uchun tariflar:

  • aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 250 soʻmdan 350 soʻmga (140%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 460 soʻmdan 820 soʻmga (178,2%).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_