Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasi – muhokamada

02.12.2020

Rus tilida oʻqish

Oliy sud “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqdi va uni muhokama uchun joylashtirdi.

 

Loyiha Prezidentning 24.07.2020 yildagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini  oshirishga  doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6034-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Qonun loyihasi sudlarning tuzilmasi, tuman (shahar), tumanlararo, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, Oliy sud, sud hay’atlari, Oliy sud Rayosati va Plenumi vakolatlari doirasini nazarda tutadi.

 

Hujjatda sudyalik lavozimiga nomzod va sudyaga qoʻyiladigan talablar, shuningdek sudyalarni, sudlarning raislari va rais oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi batafsil koʻrib chiqilgan.

 

Sud tizimida tashkiliy-tarkibiy oʻzgartirishlar sifatida loyiha bilan quyidagilarni tashkil etish nazarda tutilmoqda:

  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy iхtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
  • ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga iхtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish, bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinishi.

 

Shu bilan birga, loyihada sudyalik vakolatlarini toʻхtatib turish va tugatish asoslari va tartibi, sudyalarning moddiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoyalash choralari koʻrib chiqiladi.

 

Qonun loyihasi koʻp sonli normativ-qonun hujjatlarini unifikatsiyalaydi, u oʻz ichiga 4 ta boʻlim, 17 ta bob va 111 ta moddani olgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_