Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sugʻurta sohasida yana bitta qonun qabul qilish koʻzlanmoqda

12.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida “Majburiy sugʻurta turlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyiha joylashtirilgan. U Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan.

 

Qonun loyihasi Prezidentning 02.08.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4412-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.

 

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi - majburiy sugʻurta turlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularning umumiy tamoyillarini belgilashdan iborat. Loyiha Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan.

 

Qonun loyihasi 39 ta moddadan iborat, ular sugʻurtaning quyidagi jihatlarini ochib berish va tartibga solishga qaratilgan:

  • asosiy tushunchalar;
  • majburiy sugʻurta turlari va uning asosiy tamoyillari;
  • majburiy sugʻurta turlari sub’yektlarining huquqlari, majburiyatlari;
  • majburiy sugʻurta turlarini amalga oshirish shartlari va tartibi;
  • majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish;
  • zararlar (ziyon, shikast)ni kompensatsiya qilishni kafolatlash meхanizmlari;
  • majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish ustidan nazorat qilish;
  • majburiy sugʻurta turlari boʻyicha yagona aхborot tizimini shakllantirish va yuritish;
  • majburiy sugʻurta fondini shakllantirish;
  • majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta ta’riflarini davlat tomonidan tartibga solish.

 

Bunda shuni inobatga olish lozimki, ba’zi majburiy sugʻurta turlari boʻyicha aniq qonunlar mavjud:

ularda majburiy sugʻurtaning mazkur sohalarida munosabatlarni tartibga solish normalari va meхanizmlari yozilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_