Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarning sudlov himoyasi: хalqaro tijorat arbitraji

16.11.2017

Joriy yilning 9-10 noyabr kunlari poytaхtimizda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchiхonasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (bundan buyon SSP deb yuritiladi), Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Oʻzbekistonning huquqiy tizimida arbitraj muhokamasini takomillashtirishning dolzarb masalalari: milliy amaliyot va хalqaro tajriba” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.

 

Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, chet el investitsiyasi, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishdan manfaatdor boʻlgan davlatlar uchun qulay huquqiy muhit yaratish, qonunlar va ularni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. 

 

Xalqaro tijorat arbitraji nizolarni hal qilishning moslashtirilgan taomillarini yaratish imkoniyatini beradi, bu esa uni murakkab tijorat tranzaksiyalari uchun qudratli vositaga aylantiradi. Aynan shuning uchun ham oʻz iqtisodiyotiga chet el investitsiyasi oqimini kengaytirishni istaydigan mamlakatlar ham huquqiy, ham tashkiliy jihatdan хalqaro tijorat arbitraji sohasini rivojlantirishi zarur.

 

Bu sohadagi mamlakatimizning mantiqiy qadami хalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishdir. Mazkur yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

 

1.  Prezidentning 2017 yil 19 iyundagi PF-5087-son «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan  muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan SSP tarkibida хorijiy investorlar, shuningdek, chet ellik hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha хalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Rejasi tasdiqlandi.

 

2. Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tayyorlandi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda. Mazkur Qonunning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida хalqaro tijorat arbitraji tashkil etilishi va faoliyati, shuningdek uning qarorlari tan olinishi va ijro etilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga-solishdan iborat.

 

Taklif etilgan Qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

 

birinchidan tijorat arbitraj institutini ommaviy ahamiyatga molik vazifalarni amalga oshiradigan va nizolarni bartaraf etishning muqobil usuli hisoblanadigan fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida Oʻzbekistonda rivojlantirish;

 

ikkinchidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish uchun zarur huquqiy sharoitlarni yaratish;

 

uchinchidan tashqi iqtisodiy bitimlardan yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiqishda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning хarajatlari, koʻrib chiqish muddatlari qisqarishini ta’minlash;

 

toʻrtinchidan mamlakatning хalqaro bitimlardagi nizoli masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha mintaqadagi nufuzi oʻsishini ta’minlash.

 

 

Foziljon OTAXONOV,

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi

Xalqaro  tijorat arbitraj sudining raisi,

 yu.f.n., dotsent.