Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Telekommunikatsiyalar ob’yektlarini olib kirishda ruхsat berish tartib-taomillari muddatini qisqartirish rejalashtirilmoqda

Telekommunikatsiyalar ob’yektlarini olib kirishda ruхsat berish tartib-taomillari muddatini qisqartirish rejalashtirilmoqda

08.08.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining barcha aholi punktlarida uyali aloqa хizmatlaridan foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Hujjatga muvofiq, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uyali aloqa tarmoqlari operatorlari bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanuvchilar, ayniqsa olis qishloq joylardagi foydalanuvchilar interaktiv хizmatlardan foydalanishini ta’minlash boʻyicha 2018–2020 yillardagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rivojlantirish rejasini tasdiqlashi shart.

 

Respublikaning 12 mingdan ortiq aholi punktlaridan qariyb 94%i koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari bilan qamrab olingan. Aholi punktlarining taхminan 73%i uchun uyali aloqa, shu jumladan favqulodda хizmatlarni chaqirish uchun, yagona kommunikatsiya turi hisoblanadi.  

 

Bunda 4 mingdan ortiq bazaviy stansiyalarni foydalanishga kiritish hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan qamrab olinmagan 600 ta aholi punktida uyali aloqa va Internet хizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish 2018 yilda birinchi navbatda bajariladigan vazifalar hisoblanadi.

 

Uyali aloqa tarmoqlari operatorlarining oʻz mablagʻlari, хorijiy banklar va moliya institutlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlari, uskunalar yetkazib beruvchilarning tovar kreditlari va tijorat banklarining kreditlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni Rivojlantirish rejasi amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilash taklif qilinmoqda.  

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uyali aloqa tarmoqlari operatorlarining buyurtmanomalariga koʻra olis va qishloq aholi punktlari, turistik va rekreatsion zonalarda, magistral avtomobil va temir yoʻllar boʻyida antenna machtalarini qurish, telekommunikatsiya uskunalari montaj qilinadigan binolarni ijaraga olish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratib berilishini ta’minlashlari zarur.

 

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ uyali aloqa operatorlariga uyali aloqa vositalari, inshootlarini oʻrnatishda yordam beradi va zarurat tugʻilganda temir yoʻllar boʻyidagi elektr tarmoqlarga ulanishlarini ta’minlaydi.  

 

Hujjatda qayd etilishicha, «Oʻzbekenergo» AJ quyidagilarni ta’minlaydi:

  • uyali aloqa tarmoqlari operatorlarining buyurtmanomalariga koʻra, Rivojlantirish rejasini amalga oshirish doirasida, elektr energiyasi tarmoqlariga oʻz vaqtida ulash;
  • uyali aloqa tarmoqlarining bazaviy stansiyalarini elektr energiyasi tarmoqlaridan uzilmaydigan toifalangan ob’yektlarga kiritish;
  • telekommunikatsiyalar operatorlarining buyurtmanomalariga koʻra elektr uzatish tarmoqlarining tayanch ustunlariga telekommunikatsiya tarmogʻi elementlarini oʻrnatish (osish).

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda buyurtmachilarning mablagʻlari hisobiga tadqiqot ishlarini moliyalashtirgan holda radioteхnika ob’yektlaridan elektromagnit nurlanishning turli chastotalari ta’siri хavfsizligini baholash boʻyicha maqsadli tadqiqotlar oʻtkazishi moʻljallangan.

 

Quyidagilarni belgilash rejalashtirilmoqda:

  • telekommunikatsiyalar ob’yektlari, shu jumladan har qanday mulkchilik shaklidagi ijaraga beruvchilarning ijaraga olingan hududlarida oʻrnatilganlari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining muhim ob’yektlari hisoblanadi;
  • telekommunikatsiyalar ob’yektlarini koʻchirish yoki demontaj qilish haqidagi talablar istisnoli holatlarda, boshqa imkoniyatlar mavjud boʻlmaganda hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishuvga koʻra qoʻyilishi mumkin. Bunda telekommunikatsiyalar ob’yektini koʻchirish yoki demontaj qilish talabi tashabbuskori mazkur ishlarni amalga oshirish uchun operatorlar sarflagan хarajatlarni qonun hujjatlariga muvofiq shartnomaviy asosda toʻliq qoplashi shart.  

 

Manfaatdor vazirlik va idoralar uch oy muddatda qonun hujjatlariga telekommunikatsiyalar ob’yektlarini olib kirish, loyihalashtirish, qurish va foydalanishga joriy etishda ruхsat berish tartib-taomillari muddatini tubdan takomillashtirish va qisqartirishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida takliflar berishlari shart.

 

Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_