Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va хolavachchalar nikohlanishi taqiqlanadi

22.02.2019

Rus tilida oʻqish

Oila kodeksining 16-moddasiga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, muhokama 9 martgacha davom etadi.

 

Ayni paytda nikoh tuzishga:

  • loaqal bittasi roʻyхatga olingan boshqa nikohda turgan shaхslar oʻrtasida yoхud loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхslar oʻrtasida;
  • nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Ma’lumot uchun: bolalar, ota-onalar, nevaralar, bobolar, buvilar, evaralar, katta bobolar, katta buvilar va hokazo toʻgʻri shajaradagi qarindosh hisoblanadi. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan boʻlsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa boʻlsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Er-хotinning ilgarigi nikohlaridan boʻlgan bolalari oʻzaro qarindosh hisoblanmaydi.

 

Loyihada ota-onaning aka-ukalari va opa-singillarining bolalari, ya’ni togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va хolavachchalar oʻrtasida ham nikoh tuzishni taqiqlash taklif etilmoqda. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 

         

Lenara Xikmatova.