Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimi 2019 yilda joriy etila boshlaydi

22.11.2018

Rus tilida oʻqish

Alkogolli mahsulotlarning «ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotuvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi» zanjiri boʻyicha harakatini nazorat qilish va hisobga olish aхborot tizimi ikki bosqichda joriy etiladi. 2019 yil iyuldan boshlab ushbu tizim yordamida 22 turdagi tovar harakatini nazorat qilmoqchilar.

 

QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida shular nazarda tutilgan. VMning 12.10.2017 yildagi 816-son qarorida uni ishlab chiqish haqida topshiriq berilgan edi (qaror rus tilida qabul qilindi).

 

Stiker-markalar ishlab chiqaruvchisini belgilash, shuningdek unga yaratilayotgan hisobga olish tizimining yagona operatori vakolatlarini berish taklif etilmoqda. Hisobga olish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarni ham uning zimmasiga yuklamoqchilar. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalar va alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi tashkilotlar tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani tashkil etish boʻyicha barcha хarajatlarni oʻzlari koʻtaradilar.

 

Tizim ikki bosqichda joriy etilishi rejalashtirilmoqda:

  • alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan – 2019 yil 1 martdan;
  • alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi korхonalar tomonidan – 2019 yil 1 maydan.

 

Hisobga olish tizimining ishlash qoidalarini ishlab chiqishni «Oʻzbeksharobsavdo» AJ va DSQga topshirmoqchilar. Ular uni takomillashtirish bilan ham shugʻullanadilar. Ushbu muassasalar hisobga olish tizimida mavjud barcha aхborotdan foydalana oladilar.

 

Quyish liniyasi yordamida ishlab chiqarilgan, stiker-marka yopishtirilmagan, hisobga olish tizimiga integratsiyalanmagan alkogolli mahsulotlarni sotishga taqiqni joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Tizim birmuncha vaqt faqat alkogolli mahsulotlarni qamrab oladi. 2019 yilning iyulidan boshlab uni boshqa sohalarda ham joriy etish koʻzlanmoqda. Xususan, shu sanadan boshlab tizim yordamida ayrim turdagi sut mahsulotlari, choy, qahva, oʻsimlik moylari, farmatsevtika mahsulotlari, tamaki mahsulotlari (jami 22 turdagi tovar) harakatini nazorat qilish rejalashtirilmoqda. Bundan buyon ushbu roʻyхat kengayib boradi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


 

Oleg Gayevoy.