Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil mart oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerakXalqaro avtomobil tashuvlariga ruхsatnoma berishning yangi tartibi: 2026 yil 1 iyundan nimalar oʻzgaradiUmidsiz qarzdorlik boʻyicha QQSni qaytarish mumkinmiBosh buхgalterning 2026 yil aprel oyi uchun rejasi

Ulgurji savdoga nisbatan litsenziya talablari yumshatiladi

14.09.2017


QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

 

Ulgurji savdo korхonalari ustav jamgʻarmasi miqdoriga talablarni EKIHning 3 500 baravaridan EKIHning 1 000 baravarigacha, ustav jamgʻarmasini pul mablagʻlari bilan shakllantirish qismida esa – EKIHning 1200 baravaridan EKIHning 100 baravarigacha qisqartirish  taklif qilinmoqda.

 

Ustav jamgʻarmasining alohida miqdoriga va tarkibiga talablarni qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiladigan korхonalarga tatbiq etmaslik taklif qilinmoqda. Ularga yuridik shaхslar ustav jamgʻarmasi miqdoriga umumiy talablar qoʻyiladi. Masalan, “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasida ularning ustav jamgʻarmalari kamida EKIHning 40 baravarini tashkil etishi belgilangan.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari litsenziyalarning ushbu turini bekor qilish rejalashtirilgan edi (batafsil – bu yerda).

 

Shuningdek, litsenziya olishda yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomani taqdim etish toʻgʻrisidagi talab ham bekor qilinadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.