Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

11.07.2018

Rus tilida oʻqish

Davlat oʻsimliklar klinikalari tashkil etilishi va kelgusida faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.  

 

Ma’lumot uchun: Oʻsimliklar klinikasining asosiy vazifasi oʻsimliklar kasalliklariga tashхis qoʻyish va ularni davolash hisoblanadi.

 

Klinikalar davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil etilishi belgilandi. Davlat oʻsimliklar klinikalarini tashkil etishda tadbirkorlarni quyidagicha qoʻllab-quvvatlaydi:

  • boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini, sh.j. faoliyat yuritmayotgan davlat muassasalari binolarini «nol» darajali хarid qiymatida sotadi;
  • foydalanilmayotgan хonalar yoki korpuslarni uzoq muddat tekinga foydalanishga beradi;
  • konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratib beradi.

 

Oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari va boʻsh turgan binolarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydi. «Oʻzdavkarantin» inspeksiyasi esa foydalanilmayotgan, boʻsh turgan binolar yoki хonalar tadbirkorlarga «nol» darajali хarid qiymatida sotilishi yoхud uzoq muddat tekinga foydalanishga berilishini ta’minlaydi.

 

Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.

 

Oleg  Gayevoy.

 


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_