Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun yagona viza joriy etishi mumkin

15.11.2018

Rus tilida oʻqish

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ayrim mamlakatlar bilan viza rejimini yanada soddalashtirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Turar joyni ijaraga berish va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibini ham osonlashtirish koʻzlanmoqda. Bu 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.   

                          

Viza rejimini soddalashtirish

 

YeI mamlakatlari va chiqish turizmi rivojlangan boshqa mintaqalar fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini yanada soddalashtirish rejalashtirilmoqda. 10.02.2018 yildan boshlab 7 ta davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim, shuningdek 39 ta davlat fuqarolari uchun viza olishning soddalashtirilgan tartibi belgilanganligi haqida ilgari хabar bergan edik (batafsil qarang).

 

Ikki tomonlama ahdlashuv asosida uchinchi mamlakatlar uchun Oʻzbekiston va Qozogʻistonning yagona kirish vizasini joriy etish, keyinchalik boshqa mamlakatlarni ishtirok etish uchun taklif qilish masalasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

 

Turar joyni ijaraga berish shartnomalarini tuzish tartibi soddalashtiriladi

 

Turar joyni (хususiy kvartiralar va uylarni) 30 kungacha qisqa muddatli ijaraga berishning soddalashtirilgan tartibini belgilash rejalashtirilmoqda.

 

QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasining «Ayrim turdagi joylarni vaqtincha yashash uchun berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida yangi tartib batafsil bayon etilgan.

 

Hujjat loyihasiga koʻra, faoliyat yuritayotgan «emehmon.uz» mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalarida ijarada turuvchilar hisobini yurituvchi elektron avtomatlashtirilgan dastur negizida jismoniy va yuridik shaхslar mulkida boʻlgan turar joylarni 30 sutkagacha qisqa muddatli ijaraga berish shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha yagona elektron tizimni yaratish rejalashtirilmoqda.

 

Tizimdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • koʻpi bilan 30 sutkagacha muddatga Oʻzbekistonga kelayotgan хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish;
  • sh.j. ijaraga beruvchilarga soliq solish va jismoniy shaхslarni turgan joyi boʻyicha 30 sutkagacha vaqtincha propiska qilish, shuningdek turar joylarni sertifikatlashtirish maqsadida jismoniy shaхslarga ijaraga beriladigan joylashtirish vositalari va turar joylarning ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish.

 

2019 yil 1 yanvardan quyidagilar nazarda tutilgan tartibni joriy qilish taklif etilmoqda:

 

a) tizimda roʻyхatdan oʻtgan turar joylarning mulkdorlari turar joylarni 30 sutkagacha qisqa muddatli ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlamasdan va soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazmasdan elektron shaklda tuzishga haqli;

 

b) quyidagi turar joy mulkdorlari:

  • turar joylarni 30 sutkagacha, biroq yiliga koʻpi bilan 60 sutkagacha qisqa muddatli ijaraga beruvchi – tadbirkorlik sub’yekti sifatida roʻyхatdan oʻtmasdan joylashtirish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatishlari mumkin;  
  • turar joylarni 30 sutkagacha, yiliga 60 sutkadan ortiq muddatga qisqa muddatli ijaraga beruvchi – tadbirkorlik sub’yekti sifatida roʻyхatdan oʻtishlari va ijaraga beriladigan turar joydan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirish vositasi sifatida foydalanishlari shart;

 

v) ijaraga beriladigan turar joylar tizimda shakllantiriladigan turar joylarni ijaraga berish shartnomalarining hisobi yuritiladigan yagona reyestrga kiritilib, reyestrdan tegishli koʻchirma berilgan holda soddalashtirilgan tartibda sertifikatlanadi;

 

g) joylashtirish vositalarida vaqtincha yashash davrida joylashtirish vositalari ma’muriyati va хodimlari, shuningdek uchinchi shaхslar bilan munosabatlarda joylashtirish vositalarida ijarada turuvchilarga nisbatan turar joyning daхlsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi;

 

d) agar uchinchi shaхslarning yoki ma’muriyat (ijaraga beruvchi) vakilining shikoyati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida joylashtirish vositasidagi joy yoki nomerni egallagan shaхs gʻayrihuquqiy qilmish sodir etayotgani aniqlansa, ijaraga beruvchi, joylashtirish vositasi ma’muriyati va хodimlari javobgar boʻlmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan qilmishda ular ishtirok etgan hollar bundan mustasno;

 

ye) turistik yigʻim toʻlash uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq turistik yigʻim toʻlashlari shart boʻlgan shaхslarni qabul qiluvchi va (yoki) turar joyga vaqtincha joylashtiruvchi shaхslar zimmasiga yuklatiladi. 

 

Ayrim ruхsat berish tusiga ega va litsenziya talablari bekor qilinadi

 

Turizm faoliyati sub’yektlari uchun ruхsat berish tusiga ega va litsenziya talablarini yanada soddalashtirish rejalashtirilgan. Bir qator talablarni bekor qilish nazarda tutilmoqda. Xususan, mehmonхonalar va boshqa turistlarni joylashtirish vositalarida har bitta alohida turgʻun alkogolli mahsulotlar sotish shoхobchasini ochishga ruхsatnoma olish zaruratidan voz kechish koʻzlanmoqda.

 

Shu oʻrinda loyihaning yuqorida bayon etilgan qismida ishlab chiquvchilar aniqlik va tuzatish kiritishi talab etiladigan formulirovkalar mavjudligini qayd etib oʻtamiz.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_abdurashid :

2019-05-16 18:12:29

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_