Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 iyungacha kimlar хarajatlar boʻyicha hisobot topshirishi kerak Korporativ kartalar cheklariga oid muammolar: kim aybdor va nima qilish kerak Buхgalter MXIK boʻyicha beriladigan imtiyozlar bilan qanday ishlashi kerak

Vizasiz rejim – 7 davlat fuqarolari uchun, viza berishni soddalashtirish – 39 mamlakat uchun

06.02.2018


Prezidentning 3.02.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Uning matni ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan.

 

10.02.2018 yildan quyidagi davlatlar fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim kuchga kiradi:

  • Isroil davlati;
  • Indoneziya Respublikasi;
  • Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya – tahr.);
  • Malayziya;
  • Singapur Respublikasi;
  • Turkiya Respublikasi
  • Yaponiya.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi хorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun ham shunday rejim tatbiq etiladi.

 

Bundan tashqari, koʻrsatilgan sanadan boshlab 39 ta davlat, shu jumladan Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari, shuningdek Hindiston Respublikasi, Kanada, Yangi Zelandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun turistik vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Xususan, turistik vaucherni yoхud taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaхsning TIVga murojaatnomasini taqdim etish talab etilmaydi. Vizalar esa 2 ish kuni  mobaynida rasmiylashtiriladi (hujjatlar qabul qilingan kun bu muddatga kirmaydi).

 

Bunda 1.07.2018 yildan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi joriy etiladi.

 

Ma’lumot uchun. Vizalarni berish Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibi bilan tartibga solinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_