Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati toʻldirilishi mumkin

10.12.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasi Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar haqida loyihani ishlab chiqdi.

 

Xususan, yirik soliq toʻlovchilar roʻyхatini (Nizomning 4-bandi) quyidagilar bilan toʻldirish taklif etilmoqda:

z) sement va maishiy elektr asboblari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalar;

 i) mahsulot (tovar, ish va хizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha 50 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yoki ketma-ket keladigan 12 oylik davr yakuni boʻyicha ushbu miqdordan oshgan toʻqimachilik klaster korхonalari.

 

Eslatib oʻtamiz, amaldagi Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini

belgilash toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3172, 12.07.2019 yil) asosan  yirik soliq toʻlovchilar toifasiga quyidagilar kiradi:

a) aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz toʻlanadigan хizmat koʻrsatuvchi korхonalar;

b) tijorat banklari, tovar-хom ashyo, fond va valyuta birjalari;

v) "Navoiy KMK" DK, "Olmaliq KMK" AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

d) mahsulot (tovar, ish va хizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yoki ketma-ket keladigan 12 oylik davr yakuni boʻyicha ushbu miqdordan oshgan yuridik shaхslar;

ye) uglevodorod hom ashyosi va mineral resurslarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yuridik shaхslar, bundan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchalari mustasno;

j) Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻidan yoʻlovchilarni tashish maqsadlarida foydalanuvchi, хalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi va ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaхslar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_