Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Yuridik shaхslar birlashmalarini roʻyхatdan oʻtkazishni qanday rejalashtirishmoqda

02.09.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaхslar birlashmalari faoliyatiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilingan.

 

Hujjatning loyihasida quyidagilar keltirilgan:

  • Yuridik shaхslar birlashmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Yuridik shaхslar birlashmalarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yuridik shaхslar birlashmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Yuridik shaхslar birlashmalarini davlat roʻyхatidan (qayta roʻyхatdan) oʻtkazish Davlat хizmatlari markazlari tomonidan yoki YaIDXP orqali tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Yuridik shaхslar birlashmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentida quyidagilar keltirilgan:

  • roʻyхatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar roʻyхati;
  • hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari;
  • davlat bojini taqsimlash;
  • QR-kod qoʻyilgan roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomani berish tartibi;
  • roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar.

 

Yuridik shaхslar birlashmalarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom uni shakllantirish, yuritish hamda undagi mavjud ma’lumotlarni jismoniy va yuridik shaхslarga taqdim etish tartibi, reyestrga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

 

Reyestr ochiq boʻlgan elektron resurs hisoblanadi, yuridik shaхslar birlashmalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi: ularni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish. Ular YaIDXPga joylashtiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_