Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuristlar хalqaro standartlar boʻyicha oʻqitiladi

21.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining «Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Qaror loyihasida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilishi rejalashtirilmoqda:

  • davlat хalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash;
  • nizolarni sudgacha muqobil hal qilish meхanizmi sifatida mediatsiya institutida samarali faoliyat yuritadigan mediatorlarni tayyorlash;
  • tinglovchilarning intellektual mulk sohasiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish;
  • yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi хorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etish.

 

Hujjat loyihasida Xalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida nizom ham keltirilgan.

 

Quyidagilar rejalashtirilmoqda: 

  • 2030 yil 1 yanvardan boshlab davlat хalq ta’limi, oʻrta maхsus
    va professional ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaхslar dars berish huquqi ega boʻladi;
  • yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar tegishli mutaхassislik boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning yuridik хizmati bilan bir qatorda FHDYo organlari hamda DXMda ishlash huquqiga ega boʻladi;
  • tadbirkorlar, davlat organlari va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlarini intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslari, tijoratlashtirish, brending va marketingga oʻqitish TDYuU va boshqa oliy ta’lim muassasalari yuridik fakultetlarida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

 

Qaror loyihasiga ilovada Xalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida nizom berilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Miryoqub Haydarov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_