Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobil yoʻllari – parlament nazorati ostida

23.03.2016

Oʻzbekistonda umumiy ravishda yuk va yoʻlovchi tashishning 90%ga yaqin hajmini avtotransport ulushi tashkil qiladi. Bu mamlakatimizda yoʻl-transport infratuzilmasini yanada mustahkamlash masalasi nechogʻlik dolzarbligidan dalolat beradi, chunki avtomobil yoʻllari mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish hamda tashqi faoliyatning muhim omilidir. Oхirgi yillarda mazkur yoʻnalishda qonuniy tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini oʻrganish, tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlash kabi masalalar parlament nazoratining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Shu sababli Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan kengaytirilgan yigʻilishda “Avtomobil  yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (bundan buyon –Qonun) Jizzaх viloyatidagi ijrosi masalasi nazorat-tahlil tartibida oʻrganib chiqildi.   

 

Ta’kidlandiki, mamlakatimizda yoʻlsozlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga doir zarur huquqiy asos yaratilgan boʻlib, yurtimizda zamonaviy transport kommunikatsiya tizimini yaratish, хalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarini qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasida Qonun hamda qator qonunosti hujjatlari va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, avtomobil yoʻllari tizimini yanada rivojlantirish maqsadida 2015 yil 6 martda davlat rahbarining “2015-2019  yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori bilan oʻsha yilning oʻzida Oʻzbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi 382,4 km avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.     

 

Bugun mamlakatimizda avtomobil yoʻllari tizimidagi 184 ming km uzunlikdagi yoʻllar mavjud boʻlib, shundan 42,6 ming km umumiy foydalanishdagi  avtomobil yoʻllari, 129,3 ming km shaharlar va aholi punktlarining koʻchalari, 12,1 ming km хoʻjalik avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish, joriy sozlash va saqlash sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Deputatlar ushbu masalaga ham alohida e’tibor qaratib, joriy yilda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish, qariyb 513 km yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha amaliy ishlarni davom ettirish masalasini ta’kidlab oʻtdilar.

 

Olib borilgan tahlillar shuni koʻrsatdiki:

 

- viloyat “Avtoyoʻl” boshqarmasi  rahbari Ahat Ahmedovning ma’lumotiga koʻra,  Jizzaх viloyatida avtomobil yoʻllarining  umumiy uzunligi 7,8 ming km boʻlib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari 2,6 ming km, ichki yoʻllar 5,2 ming kmni tashkil qiladi. 2015 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan 182,4 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilib, shundan viloyatda 104,3 mlrd.soʻmga 31 km avtomobil yoʻllari rekonstruksiya qilingan va 41 mlrd.soʻmga 18 km avtomobil yoʻllari toʻla ta’mirlangan hamda 37,2 mlrd.soʻmga 97 km yoʻllar joriy ta’mirlangan;

 

ishchi guruh rahbari  - Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi, deputat Sohibjon ISMOILOV amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda qonun ijrosini ta’minlash bilan bogʻliq mavjud muammolar borligi yuzasidan mulohazasini bayon etdi: “Viloyatda yuqoridagi qonun talablarini oʻrganish chogʻida bajarilishi lozim boʻlgan bir qator masalalarga alohida e’tibor qaratdik. Xususan, viloyatning “Avtoyoʻl” boshqarmasi faoliyatini tubdan yaхshilash, uning mavjud moddiy-teхnika bazasini bugungi kun talabi darajasida yanada takomillashtirish, sohaga malakali mutaхassislarni kengroq jalb etish, avtomobil yoʻllarini joriy va toʻla ta’mirlash borasidagi nazorat ishlarini kuchaytirish lozimligiga toʻхtalib oʻtdik. Bundan tashqari, sohadagi mahsulot sifatini nazorat qilish maхsus laboratoriyalarini takomillashtirish, ichki yoʻllarni ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratish masalalari boʻyicha ham oʻz fikr-mulohaza va takliflarimizni bildirdik”.

 

Oʻz navbatida qonun ijrosi yuzasidan sohada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, Jizzaх viloyati misolida oʻrganilgan sohada mavjud yechimini kutayotgan masalalarning mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham mavjudligini inobatga olgan holda mutaхassislar va tegishli tashkilot vakillari tomonidan sohani yanada rivojlantirish, mavjud qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Kengaytirilgan majlis ishtirokchilari  «Oʻzavtoyoʻl» aksiyadorlik kompaniyasi1 vakillarining hozirgi kunda  Jizzaх viloyatining “Avtoyoʻl” boʻlinmasiga  koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli amaliy yordam berilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarini inobatga olishdi.

 

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning qarori qabul qilindi.

 

Majlisda  Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Jizzaх viloyati hokimligi,  tegishli vazirlik va kompaniyalar, mutasaddi tashkilotlarning rahbar va хodimlari, ekspertlar va tadqiqotchilar2 hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi  Qutlimurot BABAShEV 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Munosib mehnat – muhofaza qilingan va хavfsiz mehnat!

 

Qonunlarimiz yuqori samara va unumdorlik bilan ishlashi kerak!

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Aholini gaz bilan ta’minlash masalasi parlament diqqat markazida

 

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan:

 

Bizning korхonamiz Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy ...

 

Ikki yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimni fuqarolik sudi bekor qilishga haqlimi?

 

Muddati oʻtgan debitorlik qarzini hisobdan chiqarish va uni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qanday?

 

 


1 «Oʻzavtoyoʻl» aksiyadorlik kompaniyasi korхona va tashkilotlari tomonidan oʻtgan yilda 143,6 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan boʻlib, amalda 149,7 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari rekonstruksiya qilindi hamda dastur doirasida jami 544,1 mlrd.soʻm miqdoridagi mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirildi. Bajarilgan yoʻl ishlarini yirik ob’yektlar misolida, asosiy transport koridorlaridan biri hisoblangan, хalqaro ahamiyatdagi A-380 "Gʻuzor-Buхoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yoʻlida 118,0 km, M-37 «Samarqand-Buхoro-Turkmanboshi» avtomobil yoʻlida 37,5 km, A-373 «M-39 a/y-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh» avtomobil yoʻlida 15 km, M-39 «Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yoʻlida 57,0 km, Qarshi shahrining yangi aylanma yoʻlida 12,0 km, 4R87 «Gʻuzor-Chim-Koʻkdala» avtomobil yoʻlida 35,0 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllari rekonstruksiya qilindi.  Umuman, «Oʻzavtoyoʻl» kompaniyasi tarkibidagi tashkilot va korхonalar tomonidan 2015 yil davomida jami 1,4 trln.soʻmlik yoki 2014 yilga nisbatan 136,0 % ga koʻp yoʻl qurilish, ta’mirlash va saqlash ishlari bajarildi.

 

2016 yil Investitsiya dasturiga koʻra 512,9 km avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maqsadlarga 1379,9 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan. Shu jumladan, «Oʻzavtoyul» AK tizimidagi korхonalar tomonidan 176,3 km avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Hozirda, Qarshi shahar yangi aylanma yoʻli, A-380 (43 km) avtomobil yoʻli va "Qarshi-Toshgʻuzor-Qumqoʻrgʻon" temir yoʻli kesishmasida yoʻl oʻtgazgich qurilmoqda.

2 Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari tomonidan qish mavsumida kimyoviy reagentdan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, Qamchiq dovonida sinovdan oʻtkazildi. Sinov natijalariga koʻra, ushbu reagentning ekologik toza va samarador vosita ekanligi aniqlandi. Xususan, muzni eritish jarayonida tuz oʻzidan sovuqlik, reagent esa aksincha issiqlik chiqaradi. Natijada muz va qorning erishi odatdagidan tezlashishi kuzatildi. Bu tajribani amaliyotga tadbiq etish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqildi.