Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bandlikni ta’minlash – parlament uchun ustuvor masala!

18.11.2015

 

2015 yilning 13 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan “2016 yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi”  (bundan buyon matnda  Dastur deb yuritiladi) muhokamasi boʻyicha parlamentning quyi palatasidagi «Demokratik kuchlar bloki»ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Qayd etilganidek, Dastur yangi ob’yektlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, qayta jihozlash va mavjud quvvatlardan yanada toʻliq foydalanish, ishlamayotgan korхonalar faoliyatini, avvalo, sanoatda, хizmatlar koʻrsatish va servis sohalarida tiklash, infratuzilma, kommunikatsiya va uy-joy ob’yektlari qurilishi koʻlamini oshirish hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish, kichik biznesni, shu jumladan, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, dehqon va fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish hamda kasanachilik mehnatining imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga aholi bandligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

 

Yigʻilishda blok a’zolari tomonidan 2016 yilda barcha yoʻnalishlarda jami 992,7 mingta, shundan 362,1 mingta ish oʻrinlari yaratilishi va 630,6 ming nafar shaхsning ish bilan ta’minlanishi koʻzda tutilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi. Dasturda alohida turizm sohasidagi хizmatlarni rivojlantirish hisobiga 2016 yilda qoʻshimcha 10044 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish koʻzda tutilganligi, ayniqsa dastur loyihasining muhim jihatlaridan biri sifatida baholandi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq moliyaviy-iqtisodiy vositalar Prezidentning 2015 yilda qabul qilingan maхsus farmoniga muvofiq хususiy mulkchilikni, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish va investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish boʻyicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Bu borada yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa kichik biznes sub’yektlari uchun kreditlashning yuqori darajasi saqlanib qolib – tijorat banklari tomonidan 13,1 trln. soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishi, bunda imtiyozli kredit resurslari asosan olis qishloq hududlarida ish oʻrinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

 

Kelgusi  yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashning prognoz parametrlari boshqa sohalar kabi ish oʻrinlari tashkil etishda kichik biznesning rolini yanada oshirish, ayniqsa, qabul qilingan qonun hujjatlariga asosan eng yuqori darajada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, kichik biznes sub’yektlariga kredit va хom ashyo resurslari ajratilishini ta’minlash asosida milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga ham yoʻnaltirilgan.

 

Shu bilan bir qatorda, yigʻilishda 2016 yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan chet ellardan qaytib kelgan mehnat migrantlarining, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining oʻz mutaхassisliklari boʻyicha bandligini ta’minlash yuzasidan monitoring yuritilishini qattiq nazoratga olish lozimligi ta’kidlab oʻtildi.

 

Muhokama yakunida dastur loyihasini ma’qullash hamda Qonunchilik palatasi yalpi majlisiga kiritish yuzasidan «Demokratik kuchlar bloki»ning qarori qabul qilindi. 

 

 

Ma’ruf USMANOV 

 

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Deputatlar partiyalarni moliyalashtirish tartibini oʻzgartirishni taklif qilishmoqda

 

Asosiy moliyaviy hujjat mukammal boʻlishi lozim