Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Deputatlar partiyalarni moliyalashtirish tartibini oʻzgartirishni taklif qilishmoqda

25.10.2015

Parlamentda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.


 

Qonun loyihasi siyosiy partiyalarni moliyalashtirishni optimallashtirish, ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlarining siyosiy partiyalarni moliyalashtirish uchun sarflanishi samaradorligini oshirishga qaratilgan.

 

 

–Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish amaliyotini, shuningdek ularga ajratilgan byudjet mablagʻlari sarflanishi ustidan nazorat tahlili qonun hujjatlarida moliyani samarali hisobini yuritish va foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator cheklovlarni aniqladi, – loyihani sharhlaydi  Polyante SVEShNIKOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDep Fraksiyasi a’zosi. –Inchunun, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)  6-moddasi bilan belgilangan cheklovlar  siyosiy partiyalarga va ularning muassasalariga bankda bittadan ortiq hisobvaraq ochishni taqiqlaydi. Bunday cheklovlar bilan ularni moliyalashtirish shaffofligini ta’minlash, shuningdek moliyaviy qonunbuzilishlarni va bu mablagʻlarni sarflashda hiyla-nayrang ishlatishni oldini olish koʻzda tutilgandi.

 

 

Biroq amaliyotning koʻrsatishicha, moliyalashtirish manbasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun siyosiy partiyalarga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilishiga cheklov qoʻyish yetarli. Faqat bitta hisobvaraq mavjudligi esa mablagʻlarning hisobini yuritishni qiyinlashtiradi.


 

Shuning uchun amaldagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda, ularga koʻra partiyalar va ularning tashkilotlariga bitta bankda bitta asosiy va ikkita ikkilamchi hisobvaraqlar ochish mumkin boʻladi. Bunda asosiy hisobvaraq ajratilgan davlat mablagʻlarining ishlatilishi va nazorati uchun, ikkita ikkilamchi hisobvaraq esa – a’zolik badallari va boshqa manbalardan, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan, shu jumladan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar va nafaqalar toʻlash uchun kelib tushadigan mablagʻlar uchun moʻljallanadi.

 

 

Bu oʻzgartirishlar buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni shakllantirishni sezilarli darajada soddalashtiradi, kelib tushish manbasi va belgilangan maqsadlarga bogʻliq holda daromad va хarajatlarni shakllantirish ustidan nazoratning shaffofligi va samaraliligini  oshiradi.

 

 

Qayd etib oʻtamizki, siyosiy partiyalarga ajratilgan davlat moliyasini sarflashda muayyan muammolar mavjud.

 

 

Demak, Qonunning 10-moddasiga binoan moliya yili davomida foydalanilmagan davlat mablagʻlari Davlat byudjetiga qaytarilishi kerak. Biroq bu faqat bir marta 2013 yilda sodir boʻldi – “Milliy tiklanish” DPsi 600 ming soʻmni qaytargan.

 

 

Ma’lum sabablarga koʻra partiyalar mablagʻlarni qaytarishdan manfaatdor emas, ularning qandaydir qoldigʻi hosil boʻlishidan qochishadi. Natijada bunday norma moliyadan nooqilona yoki maqsadsiz foydalanishga zamin yaratadi hamda ularni iqtisod qilishni ragʻbatlantirmaydi.

 

 

 

Shuning uchun foydalanilmagan davlat mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi normani bekor qilish hamda partiyalarga ulardan keyingi yillarda ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalanish huquqini berish taklif qilinayotir.

 

 

Taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar partiyalarni mablagʻlardan oqilona foydalanishga, iqtisod qilingan mablagʻlarni esa oʻzlarining dasturiy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirishga qiziqtiradi.

 

 

 

Ma’ruf Usmanov suhbatlashdi.