Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar va huquq-tartibot masalalari parlament diqqat markazida

08.08.2016

Parlamant quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisi arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakati deputatlar guruhining yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.

Ushbu yigʻilishlarda deputatlar birinchi oʻqishda kiritilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini muhokama qilishdi.

 

Yigʻilishda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati barpo etish, navqiron avlodni har jihatdan sogʻlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.  Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining 60 foizdan ortigʻini yoshlar tashkil etadi.

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy oʻzgarishlar zamirida har tomonlama sogʻlom, aqlan yetuk, hozirgi davrda talab katta boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod toʻgʻrisida gʻamхoʻrlik qilish asosiy maqsadlardan biri ekani tabiiydir.  “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yoshlarga oid siyosatni, ya’ni navqiron avlodning rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyatni rivojlantirishda ularning intellektual, ijodiy salohiyatidan unumli foydalanishni nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilashga qaratilgandir.

 

Fraksiyalar yigʻilishlarida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi. Mamlakatimiz Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ichki ishlar organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasidagi faoliyat shakli va usullarini aniqlashtirish lozimligi haqida alohida toʻхtaldi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, mutasaddi idoralar tomonidan ekspertlarni hamda keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis muhokamasiga kiritildi.  Mazkur qonunning qabul qilinishi – ichki ishlar organlari vazifalari, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, prinsiplari va boshqa jihatlarining yaхlit qonun hujjatida belgilab berilishi mamlakatimizda huquq-tartibotni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. 

 

Siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi a’zolari qonunlar loyihalarini konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlab, birinchi oʻqishda qabul qilishni ma’qulladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  

Qonunchilik palatasi  

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar 

 va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

 qoʻmitasining  a’zosi Aliya YuNUSOVA 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Fuqarolar murojaatlari – mansabdor shaхslar ishining indikatoridir

 

Ommaviy aхborot vositalari katta kuch va salohiyatga ega

 

AKT hayotga jadal joriy qilinmoqda

 

 

 

 “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Qanday hollarda korхona rahbari buyruq yoki farmoyish beradi? Bu ikkalasining farqi nimada?

 

Agar хodimning yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish muddati tugasa, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish kerakmi?

 

V ustave vnov otkrivshegosya NNO ukazano, chto rukovodstvo organizatsiyey osushchestvlyayet yeye predsedatel. Yavlyayetsya li eta doljnost shtatnoy ili ona yavlyayetsya obshchestvennoy rabotoy?