Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

13 ta OTMda Qatagʻon qurbonlari хotirasi muzeylari tashkil etiladi

01.12.2017


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-son qarori bilan quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi:

  • Fanlar akademiyasining Qatagʻon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari хotirasi davlat muzeyini (keyingi oʻrinlarda - Muzey);
  • Qoraqalpogʻistonda va viloyatlarda 13 ta oliy ta’lim muassasasi tuzilmasida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Qatagʻon qurbonlari хotirasi muzeylarini (keyingi oʻrinlarda - hududiy muzeylar).

 

Hujjat bilan Muzey va hududiy muzeylarning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, moliyalashtirish manbalari belgilandi, shuningdek ularning tuzilmasi, Muzeyning ustavi va hududiy muzeylarning namunaviy nizomi tasdiqlandi.

 

Tegishli tashkilotlarga 2018 yil 1 martgacha hududiy muzeylar ekspozitsiyalarini yaratish, mustamlakachilik va qatagʻon davriga oid hujjatlar, materiallar va ashyolar bilan toʻldirish topshirildi.

 

Shuningdek 2018-2019 yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Muzeyni rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlar nazarda tutiladi.

 

Hujjat 2017 yil 25 noyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Sardor JUMAShOV,

ekspert-yuristimiz.