Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

15 aprel – madaniyat va san’at хodimlari kuni

09.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 7.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va san’at хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi OʻRQ-694-son Qonun imzolandi.

 

Hozirgi paytda koʻp davlatlarda ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Xususan, 2008 yildan boshlab Italiya, Ispaniya, Rossiya, Argentina, Meksika, Kuba, Latviya va Litva kabi mamlakatlarda 15 aprel Tinchlik bayrogʻi ostida Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

 

Ushbu bayram kuni madaniyat va san’at sohasida koʻp yillar mehnat qilib, mazkur sohaning rivojlanishiga, oʻzbek milliy madaniyatining dunyo darajasidagi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarishda munosib hissa qoʻshgan hamyurtlarimiz «Madaniyat va san’at fidokori» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar.

 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 4.05.2021 yilda qabul qilingan va Senat tomonidan 29.05.2021 yilda ma’qullangan. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 7.06.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.