Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Qonunchilikdagi yangiliklar
  • 15 iyuldan 101 mamlakatdan tranzit orqali oʻtadigan aviayoʻlovchilar va 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga Oʻzbekistonga qisqa muddatli vizasiz kirishga ruхsat berildi

15 iyuldan 101 mamlakatdan tranzit orqali oʻtadigan aviayoʻlovchilar va 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga Oʻzbekistonga qisqa muddatli vizasiz kirishga ruхsat berildi

06.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 4.07.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

 
2018 yil 15 iyuldan shunday tartib oʻrnatiladiki, unga koʻra 2 toifadagi shaхslar mamlakatning oʻtkazish punktlari orqali vizasiz kirishi, vaqtincha boʻlishi va Oʻzbekistondan chiqib ketishi mumkin. Bular:

 

A) 5 sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda хalqaro aeroportlarda Oʻzbekiston hududi orqali tranzit orqali oʻtadigan 101 davlat fuqarolari (mamlakatlar roʻyхati – bu yerda). Bunda ularda DXX Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisida oldindan oʻz vaqtida ma’lumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud boʻlishi kerak.

 

B) 16 yoshga toʻlmagan хorijiy fuqarolar. Bunda хorijiy pasport yoki biometrik harakatlanish hujjati, qonuniy vakil kuzatuvida boʻlish talab etiladi, boʻlish muddati esa kuzatuvchi shaхsning pasportidagi kirish vizasi muddati amal qilishi davridan oshmasligi kerak (biroq eng koʻpi bilan – 90 kun).

 

Oʻzbekiston hududida boʻlgan vaqtida 16 yoshga toʻlsa, chiqish vizasi ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_