Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

15 iyuldan boshlab eng kam ish haqi miqdori – 184 300 soʻm

03.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 2.07.2018 yildagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

2018 yilning 15 iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 7%ga oshiriladi. Bunda eng kam:

  • ish haqi – oyiga 184 300 soʻm (hozir – 172 240 soʻm);
  • yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 soʻm (hozir – 336 880 soʻm);
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 soʻm (hozir – 336 880 soʻm);
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 soʻm (hozir – 206 720 soʻm) miqdorida belgilandi.

 

Davlatimiz rahbari quyidagi an’anaviy topshiriqlarni berdi:

 

  • ish haqi hamda pensiyalarga qoʻshilgan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur yuqorida koʻrsatilgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilsin;
  • pensiyalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari miqdorini qabul qilingan Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqish ta’minlansin;
  • byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin;
  • хoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab qabul qilingan Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_