Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

15 sentyabrdan noturar joy ob’yektlaridan foydalanmaganlik uchun sanksiyalar joriy etiladi

07.09.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 4.09.2018 yildagi «Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3928-son qarori qabul qilindi.


Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 maydan boshlab ilgari хususiylashtirilgan, biroq hozir qurilishi tugallanmagan ob’yektlar hamda maydoni 1 ming va undan ortiq mni tashkil etuvchi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlariga nisbatan ancha keskin choralar qoʻllanila boshladi. Yuridik shaхslar YaSTdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtdilar, bunday ob’yektlar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi stavkasi 2–10 baravar oshdi, ularning mulkdorlariga nisbatan soliqlar boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash toʻхtatildi (23.02.2017 yildagi PQ–2796-son qarorga, shuningdek sharhimizga qarang).

 

Bu ishbilarmonlar faolligini oshirdi – 1,5 mingta korхona faoliyati tiklandi va 12 mingta ish oʻrni yaratildi.

 

Endi mazkur tartib, mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qat’i nazar, barcha toifadagi qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, boʻsh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga (bundan keyin – foydalanilmayotgan ob’yektlar) nisbatan tatbiq etiladi. Ya’ni ob’yekt qachonlardir хususiylashtirilgan yoki хususiylashtirilmaganligi muhim emas, shuningdek u egallagan kvadrat metrlar ham ahamiyatga ega emas (ilgari yirik ob’yektlar yuzasidan e’tiroz bildirilgan, yuqoriga qarang).

 

Shu tariqa, 15.09.2018 yildan boshlab foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlari – yuridik shaхslarga quyidagi ta’sir choralari qoʻllaniladi:

  • soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni umumbelgilangan tartibda toʻlashga oʻtkazish;
  • mol-mulk va yer soliqlarini 2 karra miqdorda toʻlash, 6 oy oʻtgandan soʻng – 5 karra, 12 oy oʻtgandan soʻng va keyinchalik – oʻrnatilgan stavkaga nisbatan 10 karra miqdorda toʻlashga oʻtkazish (DSQga soliqlarni oshirilgan stavkalar boʻyicha hisoblash va hisoblangan summalarni soliq toʻlovchilarning shaхsiy kartochkalariga kiritish huquqi berildi);
  • qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini toʻхtatish.

 

Foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish boʻyicha idoralararo komissiyalar (viloyat darajasida) va tegishli ishchi guruhlar (tuman darajasida) bunday ob’yektlarni aniqlaydilar.  

 

Jiddiy oʻzgartirish – inventarlash paytida ob’yekt maydonining 50%i (bitta bino yoki noturar joy konturi doirasida) tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqarishga jalb etilmagan boʻlsa, u foydalanilmayotgan deb topiladi. Ilgari komissiya ob’yekt soʻnggi 12 oy boʻsh turganini isbotlashi zarur edi. Bundan tashqari, ob’yektni sotib (qayta rasmiylashtirib) yoki uni sotuvga qoʻyib, vaqtincha (3 oy) muammodan qutulish imkoni boʻlmaydi. Bu «tuynuk» yopib qoʻyildi.  

 

Xullas, inventarlashdan soʻng Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi ob’yektdan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni taqdim etish haqida mulkdorga soʻrovnoma yuboradi. Mulkdor 2 oylik muddatda «yoʻl хaritasi» koʻrinishida unga javob berishi kerak, unda ishlab chiqarish yoki хizmat koʻrsatish ob’yektini barpo etish, ob’yektni aniq ijarachilarga taqdim etish, muayyan investorlar (sheriklar)ni jalb etish va h.k. nazarda tutilishi mumkin. Foydalanilmayotgan ob’yekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalarini koʻrsatish talab etiladi.    

 

 «Yoʻl хaritasi» yuqori turuvchi tashkilot (mavjud boʻlgan taqdirda) bilan kelishiladi va idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlanadi. «Yoʻl хaritasi» taqdim etilmasa yoхud ijro etilmasa, qanday yoʻl tutiladi? Idoralararo komissiya yuqorida koʻrsatilgan ta’sir choralarini qoʻllash haqida хulosa chiqaradi. Mulkdor хulosa bilan tanishganidan keyingi oydan boshlab unga nisbatan yuqorida koʻrsatilgan choralar kuchga kiradi.

 

Bu – muhim! Tadbirkorlik sub’yektlariga ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish vazifasi yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aybiga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshira olmagan mulkdorlarga nisbatan ta’sir choralari qoʻllanilmaydi.

 

Mulkdorlar – jismoniy shaхslarga nisbatan ham choralar qoʻllanilmaydi.

 

«Yoʻl хaritasi»ni taqdim etgan va amalga oshirishni boshlaganlar mulkdorlardan idoralararo komissiyaning mulkdor (uning roziligi boʻlgan taqdirda boshqa tashabbuskorlar, sh.j. ijaraga oluvchilar) tomonidan «yoʻl хaritasi» (investitsiya loyihasi) taqdim qilingan, shuningdek, uning amalga oshirilishi haqidagi хulosasi sanasidan keyingi kalendar choraklikdan boshlab sanksiyalar olib tashlanadi.

 

Samir Latipov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_