Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

16 yoshga toʻlmagan bolalarga – 500 ming soʻmdan

27.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 26 avgust kuni aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

 

Sentyabr oyida quyidagilarga 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

  • moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyхatlari (“temir daftar”)ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalariga;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalariga;
  • nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga.

 

Jami respublika boʻyicha ushbu maqsadlar uchun 427 729 mln soʻm ajratiladi (infografikaga qarang). Pensiya jamgʻarmasi, mahalliy hokimiyatlar, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, Moliya vazirligi, MB va tijorat banklari mablagʻlarning oluvchilarga oʻz vaqtida va manzilli yetkazilishi uchun javob beradi.

 

Bundan tashqari, mamlakatimizdagi barcha boshlangʻich, umumiy oʻrta ta’lim va sogʻliqni saqlash muassasalarining хodimlarini markazlashgan tartibda 1 oktyabrga qadar bepul grippga qarshi emlashadi. Ushbu bandning ijrosini ta’minlash Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirildi.

 

Toʻlovlar va emlash uchun zarur mablagʻlar 30.07.2020 yildagi PF-6038-son Farmonda nazarda tutilgan va qoʻshimcha manbalar hisobidan ajratiladi.

 

Oleg Zamanov.