Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

172 ta madaniyat ob’yekti tadbirkorlarga beriladi

25.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2021 yildagi «Madaniyat va san’at sohasida davlat-хususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki ob’yektlarining roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 30-son qarori qabul qilindi.

 

Madaniyat va san’at sohasida davlat-хususiy sheriklikni yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish maqsadida DXSh asosida beriladigan 172 ta davlat mulki ob’yekti roʻyхati tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, Madaniyat vazirligi va «Oʻzbekkino» Milliy agentligi bilan kelishilmasdan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

  • ularning tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, teatrlar, bolalar musiqa va san’at maktablarining koʻchmas mulklarini хususiylashtirish;
  • ularning hududidagi yer maydonlarining mahalliy hokimliklar zaхirasiga olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Bunday ob’yektlar madaniyat va san’at sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-хususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga beriladi.

 

Bunda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida хizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2021 yildan kuchga kirdi. 


Lola Abduazimova.