Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1993 yil 17 iyungacha qabul qilingan umummajburiy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotayapti

19.07.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi «Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 538-son qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, Prezidentning 2018 yil 13 apreldagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3666-son qaroriga muvofiq 1993 yil 17 iyungacha qabul qilingan va Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, shu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari 2019 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.   

 

Shu munosabat bilan Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga Rejada koʻrsatilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2018 yildan kuchga kirdi.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_