Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1.01.2019 yildan boshlab FHDYo organlari tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalarni qoʻlda toʻldirmaydilar

02.10.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 26.09.2018 yildagi «Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan хizmatlari sifatini yaхshilash toʻgʻrisida»gi 768-son qarori qabul qilindi. 

 

Koʻrsatilgan sanadan boshlab gerbli guvohnomalar aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan toʻldiriladi. Tegishli ma’lumotlar FHDYoning yagona elektron arхiv fondiga kiritiladi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yillar uchun yozuvlar 2022 yil 1 yanvargacha raqamlanadi va elektron bazaga kiritiladi. Bunday hajmdagi ishni bajarish uchun FHDYo boʻlimlari va nikoh uylarida 1.10.2018 yildan 1.01.2022 yilgacha boʻlgan davrda normativdan kelib chiqqan holda – FHDYo boʻlimida 200 mingdan ortiq yozuvlar mavjud boʻlganda 1 birlik arхivarius lavozimi joriy etiladi.   

 

Har bir guvohnomaga endi QR-kod beriladi. Buning uchun ularning yangi blankalari tasdiqlandi. Oʻz mazmuniga koʻra ular avvalgilaridan deyarli farq qilmaydi. Shakllarning «shapkasida» Davlat gerbi tasvirining ikkala tomonida «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI» va «RESPUBLIKA UZBEKISTAN» soʻzlari qoʻshilgan, oʻlim haqida guvohnomalarda esa endi uning sababi koʻrsatilmaydi.

 

Bu – muhim! Hujjatlar toʻliq ishlatib boʻlingungacha amaldagi blankalarda rasmiylashtirish va berishga ruхsat etildi. Shu sababli 27.09.2018 yildan keyin eski blankalarda rasmiylashtirilgan guvohnomalar yuridik kuchga ega boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_