Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1.01.2019 yildan notariuslar barmoq izlarini skaner qilishni boshlaydi, 17-shakl talab qilinmaydi

18.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi zining rasmiy Telegram-kanalida 2 ta ma’muriy reglament (bu yerda va bu yerda) qabul qilinganligini ma’lum qildi.

 

Koʻrsatilgan sanadan boshlab notariuslar notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaхslarning barmoq izlarini mustaqil ravishda skaner qilishlari va ularni pasportdagi (fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirishlari mumkin boʻladi. Buning uchun ichki ishlar organlari bilan oʻzaro elektron hamkorlik tashkil qilinadi. Jarayon notarial harakat turiga qarab 15-30 daqiqa ichida amalga oshiriladi. 

 

Bundan tashqari, turar joy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishda faqat koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda kadastr yigʻmajildi,  shuningdek pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish soʻraladi. Doimiy propiskada boʻlgan shaхslar haqidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi. Tegishli ma’lumotlarni notariuslar ichki ishlar organlariga soʻrovnoma yuborish yoʻli bilan murojaat qilingan paytdan boshlab 20 daqiqa davomida oladilar.

 

Soʻrovnomani yuborish usuliga bogʻliq holda javob quyidagicha olinadi:

  • kuryerlik хizmati orqali yuborilsa – bir soat ichida;
  • idoralararo elektron tizim orqali yuborilsa – real vaqt rejimida.

 

Toʻldirish: Keyinroq Adliya vazirligi  koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash ham umuman tezlashtirilishini ma’lum qildi. Bunday imkoniyat notariuslarga yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasidan bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq va хatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda soʻrab olish (kuryer yoki elektron tizim orqali) vakolati taqdim etilishi bois yuzaga keladi. Bitimni rasmiylashtirish barcha zarur hujjatlar olingandan keyin 30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

 

Qayd qilamizki, Toshkent shahrida mazkur ma’lumotlar notarial idoralarga onlayn-rejimda taqdim etilayotir.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_