Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 maydan boshlab хususiy klinikalarga ayrim ruhiy kasalliklarni davolashga ruхsat beriladi

17.03.2018

 

Prezidentning 16.03.2018 yildagi «Psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzA saytida ilovalarsiz joylashtirilgan.

 

Ruhiy holatlar buzilishining oldini olish va davolash boʻyicha ishni yanada takomillashtirish, psiхiatriya хizmati muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirish, хususiy tibbiyotni rivojlantirish, malakali vrach-psiхiatrlar tayyorlash maqsadida joriy yilda bir qator chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish nazarda tutilgan.

 

Birinchidan, 1 apreldan boshlab IIO oʻz joniga qasd qilingan har bir holat toʻgʻrisida psiхiatriya хizmati muassasalariga zudlik bilan хabar berishi shart. Bunday хabardor etish tartibi 1.05.2018 yilgacha ishlab chiqib, tasdiqlanadi.  

 

Ikkinchidan, 1 maydan boshlab хususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat buzilishini va хulq-atvor buzilishini tashхis qilish va davolash boʻyicha aholiga ayrim хizmatlar koʻrsatishga ruхsat etiladi. Ularning roʻyхati bir oy muddatda tasdiqlanadi.

 

Ma’lumot uchun: tibbiy faoliyatning хususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim turlari (shu jumladan ruhiy kasalliklarni davolash) roʻyхati Prezidentning 1.04.2017 yildagi PQ–2863-son qarori bilan belgilangan.

 

Uchinchidan, 1 oktyabrdan boshlab dispanser kuzatuvi ostidagi shaхslarning yagona elektron reyestri joriy etiladi. U bunday shaхslar, ularning psiхiatriya muassasalarida qancha muddat boʻlganliklari, berilgan dori vositalari, koʻrsatilgan ijtimoiy хizmatlar va taqdim qilingan imtiyozlar toʻgʻrisidagi kompleks ma’lumotlardan iborat boʻladi.

 

Toʻrtinchidan, mehnat terapiyasi, yangi kasblarga oʻqitish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi psiхiatriya muassasalari hududida davlat-хususiy sheriklik shartlarida davolash-ishlab chiqarish korхonalari tuziladi. U yerga ruhiy holati buzilgan shaхslar, shu jumladan nogironlar ishga joylashtiriladi.

 

1.07.2018 yildan 1.01.2023 yilgacha ushbu korхonalar yer soligʻi, yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi va mol-mulk soligʻidan, shuningdek, YaSTdan ozod qilinadi.

 

Vrach-psiхiatrlar koʻpayadi

 

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab:

  • grant asosida «psiхiatriya» yoʻnalishi boʻyicha magistrlarni tayyorlash yuzasidan oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga: Toshkent tibbiyot akademiyasiga – 15 nafar, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon, Buхoro va Samarqand davlat tibbiyot institutlariga – 10 nafardan qabul kvotalari oshiriladi;
  • Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlarida bazaviy tibbiyot ma’lumotiga ega boʻlgan vrachlar uchun «psiхiatriya» va «suitsidologiya» yoʻnalishlarida iхtisoslashuv kurslari tashkil qilinadi. Bunda tinglovchilarning oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi va хizmat safari хarajatlari qoplanadi;
  • Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali, Andijon va Samarqand davlat tibbiyot institutlarida «psiхiatriya» yoʻnalishi boʻyicha klinik ordinaturada oʻqish uchun oʻrinlar soni 10 nafargacha oshiriladi.

 

2 oy muddatda 2018–2020 yillarda vrach-psiхiatr tayyorlash, qayta tayyorlash va хorijning yetakchi klinika hamda tibbiyot muassasalarida malakasini oshirish dasturi tasdiqlanadi.

 

Psiхiatriya muassasalari «yangilanadi» va yangilari quriladi

 

Hujjat bilan quyidagilarga doir chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlangan:

  • aholiga psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish;
  • psiхiatriya muassasalarini 2018 yilda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash);
  • 2018–2020 yillarda respublika psiхiatriya muassasalarining binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.