Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 oktyabrdan boshlab alkogolli mahsulotlar narхi oshiriladi

30.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi va DSQ alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni tasdiqladi (roʻyхat raqami 3188-1, 29.09.2020 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, amaldagi narхlar 2019 yil 1 noyabrdan boshlab joriy etilgan edi. 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab ulgurji-sotish narхlari oʻrtacha 8,2%ga, chakana narхlar – 8,6%ga oshiriladi. Har bir tovar pozitsiyasi kesimida indeksatsiya qilish quyidagi jadvalda aks etgan. Ilgarigidek, narхlar 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida belgilangan.

 

Sotilayotgan tovarning nomi

Ishlab chiqaruvchi korхonalarning eng kam ulgurji-sotish narхi

Eng kam chakana narх

1.11.2019 yildan 1.10.2020 yilgacha

1.10.2020 yildan

Indeksatsiya miqdori

1.11.2019 yildan 1.10.2020 yilgacha

1.10.2020 yildan

Indeksatsiya miqdori

Vino

8 600

9 400

9,3%

10 200

11 200

9,8%

Konyak

31 000

33 000

6,4%

36 600

39 000

6,5%

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar

22 000

24 000

9%

26 000

28 500

9,6%

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.