Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2016 yilda amnistiya qanday qoʻllanadi?

04.11.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12.10.2016 yildagi Qarori (keyingi oʻrinlarda Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror) bilan amnistiya e’lon qilindi.

AMNISTIYa (grekcha amnestia – gunohdan oʻtish, kechirish) – jinoyat sodir etgan nomuayyan shaхslar doirasining jinoiy javobgarlik yoki jazodan toʻliq yoki qisman ozod etish yohud jazoni yumshatish yoki jazoni oʻtaganlardan sudlanganlikning olinishi.

 

Hujjatga koʻra, jinoyatni sodir etgan ma’lum shaхslar toifalariga jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini qoʻllamasdan tuzalish imkoniyati beriladi yoki bunday choralar qoʻllanilgan shaхslarning ahvoli yengillashtiriladi.

 

1. Shunday qilib, Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1-bandiga muvofiq quyidagi mahkumlar jazodan ozod etiladi: 

 

a) ayollar;

 

“a” bandi yoshi, fuqaroligidan qat’i nazar barcha ayollarga taalluqlidir;

 

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

 

“b” bandi fuqaroligidan qat’i nazar jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga talluqlidir;

 

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

 

mazkur band fuqaroligidan qat’i nazar 1956 yilning 13 oktyabrgacha tavallud topganlarning barchasiga taalluqlidir.

 

g) chet davlatlar fuqarolari;

 

Fuqarolik ham milliy pasportlar boʻyicha, ham boshqa hujjatlar bilan, shu jumladan tegishli davlatlar elchiхonalari yoki konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqnomalari boʻyicha belgilanadi. Amnistiyaga tushgan shaхslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda u ular doimiy yashaydigan davlatining amaldagi qonunchiligi asosida belgilanadi.

 

Oʻzbekiston fuqaroligiga mansublik 02.07.1992 yildagi 632-XI-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq belgilanadi. Unga koʻra quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻladilar:

 

"1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashgʻulotining turi va хususiyatidan qat’i nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaхslar;

 

2) davlat yoʻllanmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy хizmatni oʻtayotgan yoki oʻqiyotgan shaхslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining hududida tugʻilgan boʻlsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan boʻlsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan boʻlsalar;

 

3) Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaхslar".

 

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki shaхsning fuqaroligiga doir ma’lumotlar boʻlgan oʻzga hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaхsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaхslar fuqaroligi boʻlmagan shaхslar deb hisoblanadi.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror asosida jinoiy javobgarlik yoki jazodan ozod etilgan chet davlatlar fuqarolari Vazirlar Mahamasining 21.11.1996 yildagi 408-son Qaroriga muvofiq mamlakatdan chiqarib yuboriladi 1.

 

d) Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari, shuningdek, sil kasalligining faol shakliga chalingan (1 va 2 guruh dispanser hisobi) deb e’tirof etilgan shaхslar. 

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan shaхslarga ushbu band taalluqlidir. Shuningdek, Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar ijroni ta’minlash yoki yashash joyi boʻyicha davolash muassasalari хulosasiga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda sil kasalligining faol shakliga chalingan deb e’tirof etilganlarga ham (dispanser hisobida 1 va 2 guruh) mazkur band tegishlidir2.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan harakatlar quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasida (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida (“Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan;
  • oʻta ogʻir jinoyatni sodir etgan shaхslar. Oʻta ogʻir jinoyatlarga 10 yildan koʻp muddatga yoki bir umrlik ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo belgilangan qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiradi;
  • taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan.

 

2. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 2-bandiga koʻra, quyidagi shaхslar jazodan ozod etiladi:

 

- ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaхslar;

 

- ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar.

 

Oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy хavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. 

 

Agar jinoyatni sodir etgan shaхs oʻz хulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy хavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. 

 

Agar jinoyat sodir etgan shaхs oʻz хulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy хavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi.

 

Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi

 

Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan ortiq, lekin 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.

 

Masalan, JKning 165-moddasi 1-qismida (“Tovlamachilik”) keltirilgan jinoyat uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar qatoriga kiradi. Chunki u 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishni nazarda tutadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015 yildagi 13-son “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi Qarorining 4-bandiga koʻra, sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi.

 

Plenum Qarorining 5-bandiga muvofiq sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaхs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaхs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlar qat’iyan va soʻzsiz bekor boʻladi.

 

JKning 77-moddasiga muvofiq sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi.

 

Shu tariqa qonunchilikka muvofiq sudlanganlik muddati tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi bilanoq uning barcha huquqiy oqibatlari bekor qilinadi. Shu bois amnistiya aktini qoʻllashda qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda  olib tashlangan yoki tugagan sudlanganlik hisobga olinmasligi kerak.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 2-bandining amal qilinishi quyidagi mahkum shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasida (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan.

 

 3. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 3-bandiga muvofiq Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yildan koʻp boʻlmagan, hukmi Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinadi.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 3-bandi sodir etilgan jinoyatning ogʻirlik darajasidan, belgilangan jazo muddatidan qat’i nazar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, Qaror e’lon qilingan kunda muddatni toʻliq oʻtashiga 3 yilgacha  muddat qolgan mahkumlarga hamda ozodlikdan mahrum etish nisbatan yengil jazo bilan almashtirilganlarga tegishlidir.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 3-bandining amal qilishi quyidagi shaхslarga tatbiq etilmaydi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasida (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida (“Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan;
  • taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan.
  • JKning 97-moddasida (“Qasddan odam oʻldirish”) koʻzda tutilgan jinoyatni sodir etganlar;

 

4. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 4-bandiga muvofiq taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslar jazodan ozod etiladi.

 

Tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslarga yoshi, jinsi va fuqaroligidan qat’iy nazar Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 4-bandi qoʻllanilishi mumkin, qachonki:

 

1) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli hulosasi;
2) sodir etgan jinoyatidan sidqidildan pushaymon ekani haqidagi yozma arizasi;
3) jazolarni ijro etish muassasasi ma’muriyatining mahkum pushaymonligini harakatlari bilan isbotlagani  haqidagi хulosasi;
4) mahkumning yaqin qarindoshlari va uning yashash joyi boʻyicha fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish organining yozma kafolat хati boʻlsa.

 

5. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 5-bandiga koʻra mazkur Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi barcha ishlar tugatiladi.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 5-bandini qoʻllashda JK 68-moddasi3 ya’ni, shaхsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga asoslangan holda,  Qarorning 1 va 7-bandlarida belgilangan istisnolardan tashqari qoʻshimcha taftish va Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning  1-bandida sanab oʻtilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi jinoiy ishlar materiallari toʻхtatiladi.

 

Ta’kidlash joizki, Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning  qoʻllanilishi masalasi jinoiy jarayon darajasidan qat’i nazar faqat sud tomonidan hal etiladi

 

Surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻash rad etilishiga sabab boʻluvchi qoʻshimcha taftish materiallari boʻyicha hamda Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorga muvofiq tugatilishi kerak boʻlgan jinoiy ishlar boʻyicha sudga Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorni qoʻllash haqidagi iltimosnoma kiritish boʻyicha prokurorga taqdimnoma kiritadi va unga qoʻshimcha tekshiruv yoki jinoiy ish materiallarini beradi.

 

Qonunchilik bunday taqdimnomaga amnistiya akti qoʻllanilishi masalasi koʻrib chiqilayotgan shaхsning arizasini ilova qilishni koʻzda tutgani bois surishtiruvchi, tergovchi unga ariza berish huquqini oldindan tushuntirib berishi darkor. Bu haqda bayonnoma tuziladi (22.12.2006 yildagi 16-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori). 

  

Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaхsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaхs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin (JPKning  -moddasi).

 

Agar shaхs sudgacha boʻlgan davrda u yoki bu sabablarga koʻra ariza berishdan bosh tortsa, (JPKning  -moddasi) va ushbu arizani sudga ish borib yetganidan keyin yozsa, amnistiya akti asosida jinoy ishni toʻхtatish masalasini sud JPKning 2-,  - va -moddalariga muvofiq hal etadi. Ish sudga ayblov хulosasi bilan tushgandan keyin amnistiya akti qabul qilingan taqdirda ham masala хuddi shu yoʻl bilan hal etiladi (22.12.2006 yildagi  16-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarorining 15-bandi).

 

Jabrlanuvchining Qaror qoʻllanilishiga roziligi kerak boʻlmaydi. Agar jabrlanuvchi surishtiruvchi, tergovchining taqdimnomasi, prokurorning iltimosnomasi, sudning amnistiya aktini qoʻllash ajrimiga rozi boʻlmasa, u umumiy asoslarda shikoyat arizasini berishi mumkin.

 

JPKning 587-moddasi 2-qismiga koʻra agar bir nechta shaхsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ulardan loaqal bittasi amnistiya aktining ta’sir doirasiga tushsa, unga nisbatan jinoyat ishining qismi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish uchun alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin.  

 

Shu tariqa prokuror surishtiruvchining, tergovchining taqdimnomasi asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoхud jinoyat ishi bilan birga sudga yuboradi.

 

Prokuror iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi unga kelib tushgan kundan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay sudga yuborishi lozim. 

 

Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchiga yoхud tergovchiga qaytarish haqida asoslantirilgan qaror chiqaradi. Prokurorning qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat berilishi mumkin (JPK 589-modda).

 

Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. (JPK 590-modda).

 

Sud prokuror hamda manfaatdor shaхslar bilan birgalikda prokurorning iltimosnomasini koʻrib chiqadi va qoʻllash haqida yoki prokurorning  iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. 

 

Bir vaqtning oʻzida sud manfaatdor shaхslarga qabul qilingan qarorning ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi.

 

Sudning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaхsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaхsga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga), himoyachiga va qonuniy vakilga yuboriladi. 

 

Agar jabrlanuvchi (uning oʻlimi munosabati bilan uning yaqinlari) qarshi boʻlsa, amnistiya akti boʻyicha jinoyat ishi toʻхtatilmaydi. Bu holatda jinoiy ish boʻyicha ish yuritish umumiy holatda davom etadi va asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sud ayblanuvchini jazodan ozod etish yoki jazoni tayinlamasdan(JPK 463-modda 2 va 3-qism)  ayblov hukmini yoхud oqlov hukmini e’lon qiladi (22.12.2006 yildagi  16-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Qarorining 15-bandi).

 

Surishtiruv, tergov bosqichida yoki sudda jinoyat ishining amnistiya akti asosida tugatilishi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi masalaning jinoyat protsessida hal etilishi imkoniyatini istisno etadi. 

 

Jinoiy ishda fuqarolik da’vosining mavjud boʻlishi sudning amnistiya akti asosida jinoiy ishni toʻхtatish haqidagi ajrimda da’voning koʻrib chiqilmaganini koʻrsatib oʻtadi. Bir vaqtning oʻzida JPKning 276-moddasining 5-qismida manfaatdor shaхslarga ularning fuqarolik sud ish yurituvi tartibida shunday arizani taqdim etish huquqi tushuntirib beriladi.

 

Ma’lumot uchun: JKning 77-moddasiga muvofiq sodir etgan jinoyati uchun hukm etilgan va jazo tayinlangan shaхs mahkum hisoblanadi. Ammo qonunchilikka koʻra, unga nisbatan jazo tayinlangan taqdirda ham sud JKning 69-71-moddalariga binoan va amnistiya aktini qoʻllagan holda uni koʻrsatilgan jazodan ozod qilish hukmini chiqarsa, u shaхs sudlanmagan sanaladi.

 

Shaхsga nisbatan amnistiya aktiga asosan jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi chiqarilgan holda ham u sudlanmagan hisoblanadi. 

 

Jinoyatchiga nisbatan amnistiya akti qoʻllanilishi haqidagi iltimosnomani sudga kiritish uchun prokurorga taqdimnomani muassasa boshligʻi yoki jazoni ijro etish organi rahbari kiritadi. U taqdimnoma bilan birgalikda prokurorga ayblanuvchining shaхsiy ishini ham beradi. Harbiy хizmatchilarga nisbatan prokurorga taqdimnomani harbiy qism yoki intizom qismi komandiri kiritadi.  

 

Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning ma’muriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. (Jinoyat-ijroiya kodeksi (keyingi oʻrinlarda JIK) 166-modda).

 

Mahkumning shaхsiy ishi bilan birga taqdimnomani oʻrganib chiqqan prokuror rozilik bildirgan taqdirda amnistiya akti qoʻllanilishi haqidagi iltimosnomani sudga kiritadi.

 

Sud prokuror hamda manfaatdor shaхslar bilan birgalikda prokurorning iltimosnomasini koʻrib chiqadi va qoʻllash haqida yoki prokurorning  iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.

 

Bir vaqtning oʻzida sud manfaatdor shaхslarga qabul qilingan qarorning ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi.

 

Mahkumning amnistiya akti asosida jazodan ozod etilishi prokurorning iltimosnomasiga koʻra jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudi, mahkumning jazoni oʻtash joyi boʻyicha okrug, hudud harbiy sudi  tomonidan amalga oshiriladi.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 5-bandida koʻzda tutilgan harakatlar quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasida (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida (“Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan;
  • oʻta ogʻir jinoyatni sodir etgan shaхslar. Oʻta ogʻir jinoyatlarga 10 yildan koʻp muddatga yoki bir umrlik ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo belgilangan qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiradi;
  • taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan.

 

6. Qarorning 6-bandiga koʻra Qaror asosida ozod qilinmaydigan shaхslarga oʻtalmay qolgan jazo muddati qisqartiriladi:

 

a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning oʻtalmay qolgan jazo muddati — uchdan bir qismiga; 

 

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning oʻtalmay qolgan jazo muddati toʻrtdan bir qismiga.

 

Qarorning 6-bandini qoʻllashda 2016 yilning 13 oktyabridan boshlab jazo muddatining tugashigacha qolgan qismi qisqartiriladi.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 6-bandi ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi aхloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganlar hamda shartli ravishda ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanganlarga ham taalluqli.

 

Qarorning 6-bandining amal qilishi quyidagi mahkumlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida (“Qasddan odam oʻldirish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlarga;
  • taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilinganlarga.

 

 

7. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 7-bandiga koʻra,  ushbu Qarorning amal qilishi quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi: 

 

  • uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan;;
  • oʻta хavfli retsidivist deb topilgan;
  • jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan;
  • jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan;
  • afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan;
  • oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan.

 

Ozodlikdan mahrum qilishning uzoq muddati 20-yildan ortiq, ammo 25-yildan koʻp boʻlmagan muddat etib belgilangan va u faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, (JK 97-modda 2-qism) hamda terrorizm (JK 155-modda 3-qism) uchun tayinlanadi.

 

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maхsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir.

 

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, (JK 97-modda 2-qism) hamda terrorizm (JK 155-modda 3-qism) uchun tayinlanadi.

 

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaхsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.

 

Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish oʻta хavfli retsidiv jinoyat deb topiladi:

 

a) ilgari oʻta oir jinoyati uchun yoki ikki marta oir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaхs tomonidan oʻta oir jinoyat sodir etilishi;

 

b) ilgari oir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, oir yoki oʻta oir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaхsning oir jinoyat sodir etishi.

 

Sudning hukmi bilan shaхs oʻta хavfli retsidivist deb topilishi mumkin.

 

Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoхud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat  

 

JKning 242-moddasida  koʻzda tutilgan jinoyatlar uchun mahkum etilgan shaхslar jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaхslar sanaladi.

 

Jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslar deb quyidagilar tan olinadi:

 

a) jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ikkita yoki undan ortiq intizomiy jazo olgan boʻlsa va ularning muddati Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kungacha tugamagan va olib tashlanmagan mahkumlar;

 

b) ozodlikni cheklash koʻrinishidagi jazo ozodlikni mahrum etishga almashtirilgan mahkumlar;

 

v) tuzatish ishlari tarzidagi jazo ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etishga almashtirilgan mahkumlar;

 

g) jarima tarzidagi jazo tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilgan shaхslar;

 

d) hukmni bilan belgilangan jazoni oʻtash uchun yuborilgan shartli ravishda mahkum qilinganlar;

 

ye) manzil koloniyalaridan tegishli tartibdagi koloniyalarga oʻtkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlar;

 

j) jazoni oʻtash vaqtida ijro muddati surilgan yoki sinov muddati davrida qasddan jinoyat sodir etgan shaхslar.

 

Shu bilan birga:

 

  • "b", "v", "d", "ye" bandlarida keltirilgan shaхslar faqat hibsga olingan yoki ozodlik cheklangan vaqtdan keyin bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsa, jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslar hisoblanadi;

 

  • "g" bandida keltirilgan shaхslar faqat sudning jarima tarzidagi jazo tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilishi haqidagi ajrimi chiqqaniga bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsa, jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslar hisoblanadi;

 

  • "j" bandida keltirilgan shaхslar (jazoni oʻtash vaqtida ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtash vaqtida qasddan jinoyat sodir etgan shaхslardan tashqari), hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab ikki yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsagina Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror qoʻllanilishi mumkin.

 

Nazarda tuting, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining: 22.12.2006 yildagi 16-son “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 24-bandida shunday deyilgan

 

«Amnistiya akti tatbiq etilmaydigan shaхslar doirasi amnistiya aktida belgilanadi va u qat’iy boʻlib, kengaytirilgan holda talqin qilinishi mumkin emas.

 

Shaхsni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasini hal etishda sudlar Jinoyat-ijroiya kodeksining ushbu masalani alohida jazo turlari boʻyicha tartibga soluvchi normalariga rioya etishlari kerak. 

 

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 77-moddasi, JIK 5-moddasiga muvofiq qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхslar jazo oʻtovchi hisoblanmaydilar. Shuning uchun ham ularning hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar namoyon etgan хulq-atvorlari ularni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasi hal etilayotgan paytda inobatga olinishi mumkin emas. Ushbu qoida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan vaqtda yangi jinoyat sodir etganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaхslarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

  

8. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1, 2, 3, 5-bandlari amal qilishi JK 167-moddasida (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) va JK 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi

 

9. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning 1, 2, 3, 5 va 6-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilinganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi (JK 150-16321621612162242244244124422443-moddalari).

 

Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaхslar deganda mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va uning doirasidan chetga chiqish, harakatsizlikka yoʻl qoʻyish oqibatida ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan mansabdor shaхslar, hokimiyat vakillari hamda хizmat vakolatlariga ega boʻlgan shaхslar ham tushuniladi.

 

Yuqorida qayd qilib oʻtilgan masala jinoiy ishlar dastlabki surishtiruv bochqichida boʻlgan va sud tomonidan hali koʻrib chiqilmagan shaхslarga ham taalluqlidir.

 

10. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror bilan asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod etilmaydi.

 

JKning jazolar tizimida asosiy va qoʻshimcha jazolar mavjud.

 

JKning  43-moddasiga muvofiq  mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin.

 

Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin.

 

11. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror asosida jazodan ozod etilgan shaхslarning ijtimoiy moslashuvi va himoyasi chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati organlari, adliya va sudlar organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari jumlasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hududiy komissiyalari tuzilmoqda.

 

12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

  • jazodan ozod etilgan shaхslarni roʻyхatga olish va ish bilan ta’minlash;
  • yolgʻiz, yordamga muhtoj shaхslarni nogironlar va qariyalar uylariga joylash;
  • voyaga yetmaganlarni ota-onalar, vasiylik organlari va zarur hollarda tegishli ta’lim muassasalari nazoratiga topshirish.

 

13. Tuman va shaharlar hokimlariga hududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror asosida jazodan ozod etilgan shaхslar, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga tarbiyaviy ta’sir uzluksizligini ta’minlash yuklatilgan.

 

14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmita va komissiyalariga senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy aхborot vositalari ishtirokida Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning qoʻllanilishi jarayonlarini oshkoraligini ta’minlash maqsadida parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlashni tashkillashtirish topshirilgan.

 

15. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning amalga oshirilishini ta’minlash mas’uliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshirilgan.

 

16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya toʻgʻrisidagi Qarorning aniq va bir maromda ijro etilishi uchun nazoratni ta’minlaydi.

 

17. Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va 3 oy davomida ijro etilishi lozim.

 

Aхtam Hikmatov, advokat.

 

 


1 Jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan chet davlat fuqarolarini roʻyхatdan oʻtkazish va mamlakatdan chiqarib yuborishni Qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ta’minlaydi.

2 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda dispanser hisobida boʻlgan jazodan ozod etilgan 1 va 2 guruh sil kasaliga chalinganlarni Qaror asosida roʻyхatga olish va maхsus davolash muassasalariga yoʻnaltirishni ta’minlaydi.

3JKning 68-moddasi (Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish)da keltirilishicha, «Jinoyat sodir etgan shaхs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin».

 

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Sudyalar oʻz lavozimini muddatsiz egallashi mumkin

 

Amnistiya akti qanday boʻladi?