Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017/2018 oʻquv yili uchun OTMga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi

06.05.2017

 

Prezidentning 5.05.2017 yildagi2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda keltiriladi.

 

Joriy oʻquv yiliga nisbatan kelasi oʻquv yili uchun quyidagi kvotalar oʻrnatildi:

 

2016/2017 oʻquv yili

2017/2018 oʻquv yili

Bakalavrlar – 57 907 nafar

Bakalavrlar – 66 316 nafar

Grant – 19 120

Kontrakt – 38 787

Grant – 18 194

Kontrakt – 48 122

Magistrlar – 5 000 nafar

Magistrlar – 5 000 nafar

Grant – 1 548

Kontrakt – 3 452

Grant – 1 556

Kontrakt – 3 444

 

Shuningdek, maхsus sirtqi boʻlimlarga qabul qilish oʻrnatildi:

  • Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti – 100 nafar, jumladan 15 – grant boʻyicha va 85 – toʻlov-kontrakt asosida;
  • Navoiy davlat konchilik instituti – 90 nafar toʻlov-kontrakt asosida;
  • Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti – 80 nafar toʻlov-kontrakt asosida. 

 

Shu yerda qayd qilamizki, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga talabalar qabul qilish tiklanmoqda (Prezidentning 26.05.2016 yildagi PQ-2534-son qarori bilan toʻхtatilgandi).

 

Bu muhim! Kelayotgan oʻquv yilida OTMda toʻlov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boʻyicha qoʻshimcha qabulni amalga oshirish joriy etiladi. Bu holatda kvota miqdori OTMning mavjud imkoniyatlari va ta’lim yoʻnalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi (tarkibi qaror bilan tasdiqlangan) tomonidan belgilanadi. Toʻlov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abituriyentlar toʻplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi.

 

Qoʻshimcha qabul oʻtish ballini toʻplay olmagan abituriyentlarga toʻplagan balliga muvofiq (68 balldan kam boʻlmagan) ketma-ketlik tartibi qat’iy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini toʻlay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 
 

Oleg Zamanov, Samir Latipov,

ekspertlarimiz.