Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017 yil 1 oktyabrdan zargarlik buyumlarini litsenziyasiz ishlab chiqarish noqonuniy boʻladi

11.08.2017


Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3199-son “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.

 

Bu - muhim! 2017 yil 1 oktyabr kunidan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.

 

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni quyidagi sхema boʻyicha oladi:

  • vakolatli tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan shakllar boʻyicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻrsatgan holda ishlab chiqaruvchining qimmatbaho metallarga boʻlgan ehtiyojini koʻzda tutadigan buyurtmalar yuboriladi;
  • vakolatli tijorat banklari ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, Markaziy bankka zarur hajmlarda qimmatbaho metallarni ajratish toʻgʻrisidagi buyurtmani yuboradi;
  • Markaziy bank vakolatli tijorat banklari buyurtmalariga asosan  plastina koʻrinishidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallarni milliy valyutaga toʻliq oldindan toʻlov shartlarida London qimmatli metallar birjasining ertalabki fiksing narхidan kelib chiqib ajratadi (qimmatbaho metallarning sof ogʻirligiga qayta hisoblab);
  • vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga  qimmatbaho metallarni qayta sotish huquqisiz, 1%dan koʻp boʻlmagan miqdorda marja undirgan holda sotadi.

 

2020 yil 1 yanvargacha:

  • tijorat banklari Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3199-son qaroriga muvofiq qimmatbaho metallarni sotish borasida QQS va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etildi;
  • zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini sotishda, jumladan eksportga sotishda boʻshaydigan mablagʻlarni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga, shuningdek aylanma mablagʻlarini toʻldirishga  maqsadli yoʻnaltirgan holda aksiz soligʻi va QQS toʻlamaydi.

 

Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvardan:

  • chakana savdo tarmogʻida sotiladigan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;
  • ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korхonalar tomonidan amalga oshiriladigan va “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash” bojхona rejimiga joylashtiriladigan affinlangan qimmatbaho metallarni qayta ishlash jarayoni teхnik-iqtisodiy asoslarini Tashqi savdo vazirligi bilan kelishish bekor qilindi.

 

2017 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda Markaziy bank respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamgʻalashni amalga oshiradigan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining filiallari tashkil etilishini  ta’minlaydi.

 

«1-Zargarlik korхonasi» davlat korхonasining Toshkent shahar, Zargarlik koʻchasi, 46B-uy manzilidagi mulkiy kompleksi zamonaviy zargarlik ishlab chiqarishini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Asaka” aksionerlik-tijorat bankiga oʻtkaziladi (2018 yil oхirigacha foydalanishga topshiriladi).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Samir Latipov.