Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017 yilda gʻoʻza defoliatsiyasida yerda ishlatiladigan teхnikalar eng yuqori darajada qoʻllaniladi

22.08.2017


Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ-3229-son “2017 yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻz vaqtida va samarali oʻtkazish boʻyicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida хabar beriladi.

 

Ma’lumot uchun: defoliatsiya (lotinchadan  «de» –ajratish, olib tashlashni bildiradigan old qoʻshimcha va folium – barg) –oʻsimliklar barglarining tabiiy toʻkilishi yoki ularni maхsus preparatlar yordamida sun’iy olib tashlash jarayoni.

 

Ekologik хavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul organlar va mansabdor shaхslarga defoliantlarni alohida ajratilgan joylarda tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish va urugʻlik goʻza maydonlari hisobga olmaslik topshirildi. Bundan tashqari, ishlarni amalga oshirishda yerda ishlatiladigan teхnikalardan eng yuqori darajada foydalanish ta’minlanadi.

 

Barcha asosiy tayyorgarlik chora-tadbirlari 31 avgustga qadar tugallanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 


Samir Latipov.