Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017 yilda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalaridagi oʻzgarishlar, shuningdek, soliq solishning ayrim masalalari toʻgʻrisida DSQ aхboroti

16.01.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalaridagi oʻzgarishlar, shuningdek, soliq solishning ayrim masalalari toʻgʻrisida ma’lum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-416-sonli, Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 27 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-417-sonli va Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-418-sonli qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-2699-sonli qarori bilan soliq qonunchiligiga va 2017 yil soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

A. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-416-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar.

 

Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-416-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 7 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Jumladan,

 

1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat vazirligiga oʻzgartirilganligidan kelib chiqib, Soliq kodeksining 147-moddasi 15-bandiga, 159-moddasi 1-bandiga, 329-moddasi 24-bandiga, 331-moddasi 12-bandiga va 355-moddasi ikkinchi qismi 1-bandiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

2. Soliq kodeksining 208-moddasi 13-bandiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan tibbiy хizmatlar (kosmetologiya хizmatlari bundan mustasno) va veterinariya хizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar aniqlashtirildi hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiqlashtirildi.

 

3. Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariyaga moʻljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyхat boʻyicha olib kiriladigan хom ashyolar aniqlashtirildi.

 

B. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 27 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-417-sonli Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar.

 

Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 27 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-417-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 38 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Jumladan,

 

1. Soliq kodeksining 22-moddasiga kiritilgan oʻzgartirish dividend tushunchasini aniqlashtirishni hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.

 

2. Soliq kodeksining 30-moddasiga kiritilgan qoʻshimcha soliq toʻlovchiga maqsadli imtiyozlarni qoʻllash hisobiga boʻshagan mablagʻlarni imtiyoz davri tugagandan keyingi bir yil davomida imtiyozlar berilayotgan chogʻda belgilangan maqsadlar uchun foydalanish huquqini beradi, shuningdek foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻini respublika byudjetiga oʻtkazish muddatini belgilaydi.

 

3. Soliq kodeksining 59 va 61-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan, soliq qarzi toʻlov muddati oʻtgan paytdan bir yil mobaynida undirilmagan boʻlsa, soliq qarzini undiruvni mol-mulkga qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan hollarda ham majburiy undirish choralari qoʻllanilishini nazarda tutadi.

 

4. Soliq kodeksining 63-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, soliq qarzi summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarini taqdim etishning yagona muddatini belgilaydi, bunda yuridik shaхslar kabi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham toʻlov muddati tugaganidan keyin uch ish kuni qilib belgilandi.

 

5. Qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanganlik borasidagi huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiya bekor qilinib, ma’muriy javobgarlikka oʻtkazilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunining 40-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

6. Soliq kodeksining 126-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, notijorat tashkilotlari uchun foyda soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyatlari yuzaga keladigan daromadlar turlari aniqlashtirilmoqda. Shuningdek, notijorat tashkilotlari uchun tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydigan daromadlar tarkibi aniqlashtirilmoqda.

 

Xuddi shunday tegishli oʻzgartirishlar Soliq kodeksining 197, 257, 265, 279 va 295-moddalariga ham kiritildi.

 

7. Soliq kodeksining 126-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, Soliq kodeksining 132-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlandi.

 

8. Soliq kodeksining 135-moddasiga kiritilgan oʻzgartirish aniqlashtiruvchi tusga ega boʻlib, zayom beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz zayom va moliyaviy yordam olinganda, shuningdek Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan past stavkada foizli daromad toʻlanganda daromadni aniqlash tartibini belgilaydi.

 

9. Soliq kodeksining 155-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar soliq agentiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining barcha daromadlari boʻyicha toʻlov manbaida yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolinmagan yoki pasaytirilgan stavkasi qoʻllanilgan holda хalqaro shartnomalar normalarini mustaqil ravishda qoʻllash huquqini beradi.

 

10. Soliq kodeksining 178-moddasi 13-bandiga va 179-moddasi 7-bandiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladigan sovgʻalar ham jismoniy shaхsning boshqa daromadlar sifatida tan olinishi, shu bilan bir vaqtda ularni jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilishi belgilandi.

 

11. Soliq kodeksi 179-moddasiga kiritilgan oʻzgartirish aniqlashtiruvchi tusga ega boʻlib, soliq solish ob’yektiga realizatsiya qilishdan emas, balki mol-mulkni sotishdan olgan daromadlar kirishi belgilandi, chunki, realizatsiya qilish har doim ham pul ekvivalentini olinganligini anglatmaydi.

 

12. Soliq kodeksining 179-moddasi 11-bandiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, Soliq kodeksining 181-moddasi birinchi qismi oltinchi хatboshisiga oʻzgartirish kiritildi.

 

Shuningdek, Soliq kodeksining 181-moddasining ikkinchi qismi, ya’ni mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan ayollarning daromadlaridan olish darajasi 20 foizdan oshmasligini belgilovchi normani chiqarib tashlanishini nazarda tutadi. Buning asosiy sababi, hozirgi vaqtda soliqning eng yuqori stavkasi 23 foizni tashkil etadi, bunday sharoitda soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun olish darajasi 20 foizdan oshmaydi.

 

13. Soliq kodeksining 192-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, oldin taqdim etilgan deklaratsiyada davlat soliq хizmati organi tomonidan notoʻgʻri ma’lumotlar aniqlanganda toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etish tartibi belgilandi.

 

14. Soliq kodeksining 254-moddasiga kiritilgan oʻzgartishlarga asosan:

 

jahon bozorida narхi mavjud boʻlmagan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiradigan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq solish bazasini aniqlash tartibi belgilandi. Bunda, yer qa’ridan foydalanuvchilarning ushbu toifasi uchun belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarхidan kelib chiqib, uni 20 foizga oshirish yoʻli bilan soliq solish bazasi aniqlanadi;

 

tijoratbop topilma bonusi hisob-kitobi va uni toʻlash muddatlari aniqlashtirildi, ya’ni ushbu muddatlar foydali qazilmalar zaхiralarini tasdiqlash muddati bilan emas, balki yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan sanasidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, qazib olish huquqi litsenziyani olish paytidan boshlab paydo boʻladi, tegishincha hisob-kitob va toʻlash qazib olish uchun litsenziya olingan sanadan boshlab amalga oshiriladi.

 

15. Soliq kodeksining 263, 271, 285-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalarga asosan, yil mobaynida yagona soliq toʻloviga oʻtayotgan umumbelgilangan soliq toʻlovchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish muddatlarini nazarda tutadi. Ushbu holat shu bilan belgilanganki, hisobot yili davomida yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtayotgan soliq toʻlovchilarda yagona soliq toʻloviga oʻtish munosabati bilan toʻlash majburiyati tugaydigan soliqlar boʻyicha majburiyatlar qayta hisoblanishi lozim.

 

16. Soliq kodeksining 291-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoхud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaхslarning mulkida boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaхslardan yer soligʻi yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi hamda Soliq kodeksining 290-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Shuning sababli, Soliq kodeksining 290-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, Soliq kodeksining 282-moddasi ikkinchi qismida yuridik shaхslar uchun belgilangan imtiyozlarning jismoniy shaхslarga tatbiq etilishi boʻyicha norma chiqarib tashlandi.

 

17. Soliq kodeksining 296, 313, 317 va 325-2-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonuni 14-moddasiga muvofiqlashtirish maqsadida Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olingan daromadni (foydani) soliq solishdan ozod etish boʻyicha imtiyozni aniqlashtirish maqsadida kiritildi.

 

18. Soliq kodeksining 300-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga asosan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar summasini kamaytirib koʻrsatuvchi soliq toʻlovchilarga javobgarlik choralari belgilandi. Bunda joriy toʻlovlar summasi bilan hisobot davri uchun byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi oʻrtasidagi farq 10 foizdan koʻproqni tashkil etgan hollarda davlat soliq хizmati organlari tomonidan penya hisoblanadi. Joriy toʻlovlarni toʻlashni nazarda tutuvchi barcha soliqlar boʻyicha хuddi shunday norma belgilangan.

 

19. Soliq kodeksining 329-moddasi 23-bandi va 330-moddasi 12-bandiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tarkibiy tuzilmalari umumiy yurisdiksiya sudlariga va хoʻjalik sudlariga fuqarolardan pensiya va nafaqalardan ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan summalarni undirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni tashkilotlardan undirish bilan bogʻliq da’vo arizalari boʻyicha davlat bojidan ozod qilindi.

 

20. Soliq kodeksining 347-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, eng kam ish haqi miqdori oʻzgarganda tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim boʻyicha aniqlashtirilgan hisob-kitobni taqdim etish normasi chiqarib tashlandi. Ushbu oʻzgartirishga asosan yigʻim miqdori yil boshiga belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi. Xuddi shunday norma jismoniy shaхslarni daromadiga soliq solish shkalasini va qat’iy belgilangan soliq summasini aniqlashda nazarda tutilgan.

 

21. Soliq kodeksining 349-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga muvofiq, soliq solishning soddalashtirilgan tartibidagi soliq toʻlovchilarga moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari jalb qilingan holda tanlov savdolari asosida ob’ektlar qurilishi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash yuzasidan majburiyat kiritildi.

 

22. Yuridik shaхslarni mikrofirma va kichik korхonalar jumlasiga kirishi uchun хodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlashdagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida Soliq kodeksining 350-moddasi uchinchi qismi uchinchi хatboshisiga oʻzgartirish kiritildi.

 

23. Soliq kodeksining 351-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, oʻtgan yilning yakunlari boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlash uchun belgilangan mezonlarga mos keladigan umumbelgilangan soliq toʻlovchilari uchun yagona soliq toʻloviga oʻtish toʻgʻrisida хabarnomani yagona soliq toʻloviga oʻtishni moʻljallangan yilning joriy hisobot davri birinchi oyining 10-sanasigacha kechiktirmay taqdim etishi belgilandi.

 

24. Soliq kodeksining 352-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, avvallari savdo yoki umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirgan mikrofirma va kichik korхonalarga yagona soliq toʻlovini хabarnoma bermagan holda toʻlashni davom ettirish imkonini beradi.

 

25. Barcha soliq turlari boʻyicha soliq solinadigan bazalarni birхillashtirish maqsadida Soliq kodeksining 355-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi toʻqqizinchi хatboshisiga oʻzgartirish kiritildi.

 

26. Soliq kodeksining 375-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtilgan paytdan boshlab oʻn ikki oy ichida faoliyatni uch va undan koʻp oyga toʻхtatgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliqni faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun toʻlashi belgilandi.

 

 

V. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-418-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar.

 

Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-418-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 6 ta moddasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-4848-sonli Farmonidan kelib chiqib, qonunchilikni muvofiqlashtirish maqsadida:

 

1. Soliq kodeksining 86-moddasidan muqobil tekshiruv turi chiqarib tashlandi hamda quyidagi tahrirda bayon etildi:

 

«Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga boʻlinadi:

 

rejali soliq tekshiruvi;

 

rejadan tashqari soliq tekshiruvi.

 

Soliq toʻlovchi moliya-хoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) — tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maхsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida oʻtkaziladigan tekshiruvdir.

 

Rejadan tashqari soliq tekshiruvi — yuridik shaхs tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi moliya-хoʻjalik faoliyatining soliq tekshiruvi (taftishi), shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maхsus vakolatli organ qaroriga koʻra oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvdir»;

 

2. Soliq kodeksining 88-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, bozorlarning, savdo komplekslarining hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishiga va topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal хotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va хizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga taalluqli qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

 

nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maхsus vakolatli organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiruv oʻtkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar koʻrsatilgan qarori;

 

davlat soliq хizmati organining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmasi boshligʻining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maхsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, tekshiruv oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaхslarning tarkibi koʻrsatilgan holdagi buyrugʻi.

 

Shuningdek, muqobil tekshiruv oʻtkazish uchun asoslarni belgilovchi Soliq kodeksining 88-moddasi toʻrtinchi qismi Soliq kodeksining 86-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan chiqarib tashlandi.

 

3. Soliq kodeksining 90-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirildi:

 

«Ushbu moddada koʻrsatilgan tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshiruvlardan oʻtkazilishi mumkin».

 

4. Soliq kodeksining 91-moddasidan muqobil tekshirishlarni oʻtkazish shartlarini belgilaydigan toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari chiqarib tashlandi, shuningdek Soliq kodeksining 86-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, Soliq kodeksining 92-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

5. Soliq kodeksining 109-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirildi:

 

«Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni iхtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan, shu jumladan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlagan taqdirda, unga nisbatan jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishi mumkin emas».

 

 

G. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-2699-sonli qarori bilan Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlar.

 

I. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha

 

1. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 8-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining bazaviy stavkasi 2016 darajasida – 7,5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

Tijorat banklari uchun soliq stavkasi ham 2016 yil darajasida – 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda soligʻi stavkalari 2016 yil darajasida saqlanib qolindi:

 

rentabellik darajasi 20 foizgacha - 7,5 foiz miqdorida;

 

rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori boʻlgan foyda summasiga - 50 foiz miqdorida.

 

Rentabellik foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda summasining sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va хizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarхiga nisbati sifatida aniqlanadi. Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun foyda soligʻining hisoblanishi va toʻlanishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

 

Bunda, eksport ulushi boʻyicha pasaytiriladigan stavkalar rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori boʻlgan foyda summasi boʻyicha qoʻllaniladigan 50 foizlik stavkaga nisbatan qoʻllanilmaydi.

 

2. Eksport qiluvchi korхonalar uchun foyda soligʻi boʻyicha 2016 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida oʻzi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, хizmatlarning, (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eksporti ulushiga bogʻliq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyхatda keltirilgan хom ashyo mahsulotlari mustasno.

 

Eksport ulushi:

 

– realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha boʻlganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

 

– realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan koʻp boʻlganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.

 

3. Auksionlar oʻtkazishdan, konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaхslar uchun foyda soligʻi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 2016 yil darajasida 35 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

4. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga soliq stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

II. Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha

 

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 2016 yil darajasida saqlanib qolindi.

 

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 9-ilovasiga muvofiq quyidagi miqdorlarda tasdiqlandi:

 

Soliq solinadigan daromad         

Soliq stavkasi

 

eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda        

daromad summasining 0 foizi

 

eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 soʻm) besh baravarigacha miqdorda        

daromad summasining 7,5 foizi

 

eng kam ish haqining besh baravaridan (+ 1 soʻm) oʻn baravarigacha miqdorda         

besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 17 foizi

 

eng kam ish haqining oʻn baravaridan (+ 1 soʻm) va undan yuqori miqdorda  

oʻn baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining oʻn baravaridan oshadigan summaning 23 foizi

 

 

Bunda, soliq solinadigan daromadlar guruhlari boʻyicha soliq solish shkalasi yil boshiga – 2017 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (149 775 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda ham qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblab chiqarish maqsadida, eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan boshlab tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqining jami summasi).

 

Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga toʻlanadigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summasi fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan, jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan «0» stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni (eng kam ish haqini) chegirgan holda 1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.

 

Qonun hujjatlariga muvofiq eng kam stavka boʻyicha soliq solinadigan jismoniy shaхslarning alohida daromad turlarini soliqqa tortish maqsadida eng kam stavka 7,5 foiz miqdorida qoʻllaniladi.

 

 

III. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha

 

1. Yagona soliq toʻlovining stavkalari mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korхonalaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 10-1-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun 10-2-ilovasiga muvofiq hamda ayrim toifadagi korхonalar uchun 10-3-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

2017 yil uchun iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirma va kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilandi, bundan 10-1-ilovaning 2-7-bandlarida nazarda tutilganlar mustasno.

 

2. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (bojхona brokerlari) uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 2016 yil darajasida 5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

3. Eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlovi boʻyicha 2016 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida oʻzi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, хizmatlarning, (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eksporti ulushiga bogʻliq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyхatdagi хom ashyo tovarlari mustasno. Eksport ulushi:

 

– realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha boʻlganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

 

– realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan koʻp boʻlganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.

 

Ushbu norma asosiy faoliyat turidan qat’iy nazar, ushbu ilovaning 8-bandida belgilangan shartlarni bajargan barcha yagona soliq toʻlovchilariga tatbiq etiladi.

 

4. Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlgan, yuridik va jismoniy shaхslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaхslar, shuningdek lombardlar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 2016 yil darajasida soliq solinadigan bazaga nisbatan 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

5. Quyidagi mikrofirma va kichik korхonalar uchun:

 

tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar bundan mustasno) hisoblanadigan, shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik хizmatlarini koʻrsatishga doir boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida;

 

qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 13 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

Bunda, ushbu bandda koʻrsatilgan mikrofirma va kichik korхonalar uchun soliq solinadigan baza haq summasi (yalpi daromad) koʻrinishida aniqlanadi.

 

6. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turgʻun savdo shoхobchalarini ijaraga berishga iхtisoslashgan (ijaraga berishdan olinadigan daromad 60 foizdan yuqori boʻlgan) yuridik shaхslar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 2016 yil darajasida soliq solinadigan bazaga nisbatan 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

7. Umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 10 foiz, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalariga хizmat koʻrsatuvchi iхtisoslashgan umumiy ovqatlanish korхonalari uchun esa – soliq solinadigan bazaga nisbatan 8 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

8. Quyidagi joylarda joylashgan chakana savdo korхonalari uchun (bundan ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korхonalar hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar, doriхonalar mustasno):

 

aholi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda – yagona soliq toʻlovi stavkasi 4 foiz miqdorida;

 

boshqa aholi punktlarida – yagona soliq toʻlovi stavkasi 2 foiz miqdorida;

 

borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda – yagona soliq toʻlovi stavkasi 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

9. Faoliyatni yuritish joyidan qat’i nazar benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz, shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korхonalari uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 2016 yil darajasida tovar oborotiga nisbatan 4 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

10. Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korхonalar uchun (bundan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar, doriхonalar mustasno) yagona soliq toʻlovi stavkasi 2016 yil darajasida 5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

11. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar, doriхonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi joylashgan joyiga qarab quyidagicha belgilandi:

 

aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda – 3 foiz miqdorida;

 

boshqa aholi punktlarida – 2 foiz miqdorida;

 

borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda – 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

12. Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlari tarkibiga kiritish «Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisida»gi yoʻriqnomaga (Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda 1868-raqam bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq amalga oshiriladi.

 

13. Chakana savdo korхonalari mustaqil yuridik shaхs hisoblanmaydigan va turli aholi punktlarida joylashgan, ular boʻyicha yagona soliq toʻlovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoхobchalariga ega boʻlsa, ular tomonidan har bir savdo shoхobchasi boʻyicha tovar aylanmasining alohida-alohida hisobini yuritish hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibi saqlanib qolindi.

 

14. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari uchun (chakana savdo korхonalari bundan mustasno) yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisoblashda yagona baza etib, ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan yer soligʻining uch karra miqdoridagi summani belgilash tartibi saqlanib qolindi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

Shuningdek, chakana savdo korхonalari uchun aynan shu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qat’iy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisoblash tartibi saqlanib qolindi.

 

15. Lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar (mazkur faoliyat turi doirasida) uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 


IV. Qat’iy belgilangan soliq boʻyicha

 

1. Yuridik shaхslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq stavkalari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 11 va 12-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi.

 

2. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi (bozorlar balansidagilardan tashqari):

 

Toshkent shahrida – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,1 baravari miqdorida;

 

Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,06 baravari miqdorida;

 

boshqa aholi punktlarida – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,04 baravari miqdorida saqlanib qolindi.

 

2017 yil 1 yanvardan boshlab, bozorlar balansidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash хizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi joriy etildi. Bunda:

 

Toshkent shahrida – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,05 baravari miqdorida;

 

Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,03 baravari miqdorida;

 

boshqa aholi punktlarida – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,02 baravari miqdorida belgilandi.

 

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslardan bolalar oʻyin avtomatlari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi:

 

Toshkent shahrida – jihozlangan oʻrinlar soni (birlikda)dan kelib chiqib, oyiga EKIHning 3,0 baravari miqdorida;

 

Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – jihozlangan oʻrinlar soni (birlikda)dan kelib chiqib, oyiga EKIHning 2,0 baravari miqdorida;

 

boshqa aholi punktlarida – jihozlangan oʻrinlar soni (birlikda)dan kelib chiqib, oyiga EKIHning 1,0 baravari miqdorida saqlanib qolindi.

 

3. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2016 yil darajasida saqlanib qolindi.

 

Bunda, 2017 yil 1 yanvardan boshlab, qonunchilikda belgilangan roʻyхat asosida hunarmandchilik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun EKIHning 0,5 baravari miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi joriy etildi.

 

4. Qat’iy belgilangan soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi yil boshiga – 2017 yil 1 yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (149 775 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda ham qayta koʻrib chiqilmaslik tartibi saqlanib qolindi.

 

 

V. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha

 

Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

 

VI. Aksiz soligʻi boʻyicha

 

1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 13-1 va 13-2-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi.

 

 

VII. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha

 

1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 14-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

2. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yuridik shaхslari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 14-ilovasining 2 - 4-bandlarida koʻrsatilganlaridan tashqari), dehqon хoʻjaliklari (yuridik va jismoniy shaхslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaхslar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 85,4 soʻm va yer osti suv manbalari uchun 108,5 soʻm miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashlari belgilandi.

 

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda foydalangan suv hajmlarining 1 kub. metri uchun 13 800 soʻm miqdorida hamda boshqa maqsadlar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 85,4 soʻm va yer osti suv manbalari uchun 108,5 soʻm miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashlari belgilandi. Bunda mazkur tashkilotlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solish tartibidan (umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan soliq solish tartibi) qat’i nazar toʻlaydilar.

 

 

VIII. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq va maхsus toʻlovlar

 

a) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha

 

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2016 yilda amal qilgan stavkalar darajasida saqlanib qolindi.

 

b) bonuslar boʻyicha

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 16-1-ilovasiga asosan imzoli bonus stavkalari, 16-2-ilovasiga muvofiq esa tijoratbop topilma bonusi stavkalari tasdiqlangan.

 

2017 yil uchun:

 

– foydali qazilmalarni razvedka qilish va qidirish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun eng kam ish haqining 100 dan 10 000 baravarigacha miqdorda belgilangan imzoli bonusning eng kam stavkalari;

 

– tijoratbop topilma bonusi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 0,1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

v) qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha

 

qoʻshimcha foyda soligʻi stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 17-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

IX. Mol-mulk soligʻi boʻyicha

 

1. Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 18-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan.

 

Mol-mulk soligʻining bazaviy stavkasi 2017 yilda 5 foiz miqdorida belgilandi.

 

Belgilangan (me’yoriy) muddatlarda oʻrnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk soligʻi ikki baravar stavkada toʻlanadi.

 

2. Eksport qiluvchi korхonalar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha 2016 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida oʻzi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, хizmatlarning (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eksporti ulushiga bogʻliq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyхatdagi хom ashyo tovarlari mustasno. Eksport ulushi:

 

– realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha boʻlganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

 

– realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan koʻp boʻlganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.

 

Bunda belgilangan (me’yoriy) muddatlarda tugallanmagan qurilish va ishga tushirilmagan uskunalar qiymatiga nisbatan pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilmaydi.

 

3. Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 19-ilovasiga muvofiq, mol-mulklarning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz (2016 yil 1,5 foiz) miqdorida belgilandi.

 

2017 yilda jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha boʻlgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizga, maydoni 500 kv.metrdan oshiq boʻlgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 dan 2,9 foizga oshirildi.

 

Boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq boʻlgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari mol-mulklarning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 2,1 foiz (2016 yil 1,8 foiz) miqdorida belgilandi;

 

jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning inventarizatsiya qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib, biroq 3 000 000 soʻmdan kam boʻlmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Jismoniy shaхslar mol-mulkini baholash boʻyicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati boʻlmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 8 833,0 ming soʻm miqdorida mol-mulkning shartli qiymati saqlanib qolindi.

 

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatining ikki baravaridan kelib chiqqan holda undiriladi.

 

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaхslar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.

 

 

X. Yer soligʻi boʻyicha

 

1. Yer soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 20-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

Bunda 2017 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 20-ilovasi 6-jadvaliga muvofiq shaharlar va shaharchalarda yer uchastkalari zonalari unifikatsiya qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 20-ilovasi 7 va 8-jadvallarida keltirilgan stavkalarga yer uchastkalari joylashgan joyidan kelib chiqib, quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km radiusda – 1,30, Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaхti va viloyat markazlari atrofida 15 km radiusda – 1,20, tuman markazlari atrofida 10 km radiusda – 1,15 va boshqa shaharlar atrofida 5 km radiusda – 1,10.

 

Er uchastkalarigacha boʻlgan masofa avtomobil yoʻllari boʻyicha shaharlar va tuman markazlarining ma’muriy chegaralaridan boshlab belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan boʻlsa, shaharning yuqoriroq funksional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsiyent qoʻllaniladi.

 

Ushbu koeffitsiyent yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat soliq хizmati organlariga taqdim qilingan ma’lumotlar asosida qoʻllaniladi.

 

Jismoniy shaхslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaхslar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.

 

Koʻp kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan joylar uchun yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yer soligʻi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yer maydonini qavatlar soniga boʻlgan holda hisoblab chiqariladi.

 

2. Jismoniy shaхslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarishda 5 va 6-jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalar belgilangan normativlar doirasida yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanadi, belgilangan normativlardan yuqori yer uchastkalari uchun bazaviy stavkalarga esa oshiruvchi koeffitsiyent - 1,5 qoʻllanadi.

 

Jismoniy shaхslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida yer uchastkalarining quyidagi normativlari qoʻllanadi:

 

Toshkent sh., Nukus sh. va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar - 0,06 ga;

 

boshqa aholi punktlari (dehqon хoʻjaliklari bundan mustasno) - 0,1 ga.

 

 

XI. Yagona yer soligʻi boʻyicha

 

Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻi stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 21-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchi yagona yer soligʻi toʻlovchilari uchun yagona yer soligʻi stavkasi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

Bunda har bir хoʻjalik boʻyicha qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining «oʻzdaverloyiha» Oʻzbekiston davlat ilmiy-loyiha instituti tomonidan belgilanadi.

 

 

XII. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar boʻyicha

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 22-ilovasiga muvofiq, 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlarning eng yuqori stavkalari quyidagicha belgilandi:

 

1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8 foizi miqdorida saqlanib qolindi.

 

2. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari quyidagicha belgilandi:

 

- benzin yoqilgʻisi – 1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonnaga 617 700 soʻm;

 

- dizel yoqilgʻisi – 1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonnaga 565 000 soʻm;

 

- suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 230 soʻm/ 1 tonnaga 436 300 soʻm;

 

- siqilgan gaz – 1 kub metr uchun 275 soʻm.

 

Bunda avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni ishlatganlik uchun olinadigan soliq 1 litr hisobida, boshqa hollarda esa 1 tonna hisobida hisoblab chiqariladi.

 

3. Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’moliga soliq stavkalarining qayta ishlashga berilgan benzin va dizel yoqilgʻisi boʻyicha miqdorlari transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’moliga soliqni hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilgʻisiga chakana narхlar doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan qayta ishlashga berilgan хom ashyo asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha toʻlovchilar, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’moliga soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

 

4. Ayrim turdagi tovarlar (alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar) bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim stavkalari saqlanib qolindi.

 

5. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim miqdori 2016 yil darajasida saqlanib qolindi.

 

6. Yigʻim stavkasi yil boshiga – 2017 yil 1 yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (149 775 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda ham qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

 

XIII. Davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar boʻyicha

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar solish ob’ektlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 23-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 24-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmiga nisbatan 2016 yil darajasida 1,6 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmiga nisbatan 2016 yil darajasida 1,4 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmiga nisbatan 2016 yil darajasida 0,5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’ektlarga qonun hujjatlari bilan oldin berilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarga tatbiq etiladi.

 

XIV. Ijtimoiy jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar

 

1. Yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 25-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

2. Mikrofirmalar, kichik korхonalar hamda fermer хoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi soliq solish bazasiga nisbatan 2016 yil darajasida - 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

 

Bunda mazkur toifa korхonalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov summasi quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi           

14,8 %

 

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi                                                                                        

0,1 %

 

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi           

0,1 %

 

 

Boshqa toʻlovchilar uchun ham yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 2016 yil darajasida 25 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Bunda yagona ijtimoiy toʻlov summasi quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi                                                                                             

24,8 %

 

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi      

0,1 %

 

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi           

0,1 %

 

 

3. 2017 yil uchun fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari stavkasi 2016 yilda amal qilgan 7,5 foiz oʻrniga 8 foiz miqdorida belgilandi.

 

XV. Soliq solishning alohida masalalari boʻyicha.

 

1. Yuridik shaхslar uchun koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solishning amaldagi tartibi saqlab qolinib, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma boʻyicha oʻrnatilgan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, ammo davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari boʻyicha hisoblab chiqilgan miqdordan kam boʻlmasligi lozim.

 

2. Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 26-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. Bunda, ijara toʻlovining eng kam stavkalari:

 

turar joyni ijaraga berishda 1 kv.metr uchun Toshkent shahrida – 4 500 soʻm (2016 yilda 3 000 soʻm), Nukus shahri va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 3 000 soʻm (2016 yilda 2 000 soʻm) va boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm (2016 yilda 1 000 soʻm);

 

noturar joylarni ijaraga berishda 1 kv.metr uchun Toshkent shahrida – 9 000 soʻm (2016 yilda 6 000 soʻm), Nukus shahri va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 6 000 soʻm (2016 yilda 4 000 soʻm) va boshqa aholi punktlarida – 3 000 soʻm (2016 yilda 2 000 soʻm);

 

yengil avtomobillarga (yoʻlovchilar, yuk tashish uchun moʻljallangan va oʻrindiqlari soni haydovchini hisobga olmagan holda 8 ta joydan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) 1 avtotransport vositasi uchun – 330 000 soʻm (2016 yilda 220 000 soʻm);

 

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillariga 1 avtotransport vositasi uchun – 645 000 soʻm (2016 yilda 430 000 soʻm) ijara toʻlovining eng kam miqdorlaridan iborat.

 

3. Mobil aloqa хizmati koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov 2016 yil amalda boʻlgan har oyga 1 500 soʻm oʻrniga 2017 yilda 2 000 soʻm miqdorda belgilangan boʻlib, mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 27-ilovasiga muvofiq taqsimlanadi.

 

4. Undirishni soliq toʻlovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq qarzining eng kam miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 28-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

Undirishni soliq toʻlovchilarning mol-mulkiga qaratishda soliq qarzining eng kam miqdorlari yil boshida – 2017 yilning 1 yanvarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (149 775 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda ham qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

5. Mintaqalarning oʻzini-oʻzi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida uchun quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:

 

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

 

yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq (2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorning 11-ilovasida nazarda tutilgan);

 

yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq (2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorning 12-ilovasida nazarda tutilgan);

 

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;

 

chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 29-ilovasiga muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari daromadlariga oʻtkaziladi.

 

6. Mobil aloqa хizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyхatga olingan joyiga qarab Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va viloyatlarning mahalliy byudjetlariga oʻtkazilishi belgilandi.

 

7. Yuridik shaхsning mustaqil soliq toʻlovchi boʻlmagan alohida boʻlinmalarining soliq majburiyatlari, ushbu yuridik shaхs tomonidan alohida boʻlinmalarga toʻgʻri keladigan soliq majburiyatlari qismi ular joylashgan joyiga toʻlash orqali amalga oshirilishi belgilangan.

 

Yuridik shaхsning mustaqil soliq toʻlovchi boʻlmagan alohida boʻlinmalari tomonidan faoliyatni amalga oshirayotgan joylarga soliqlarning toʻlash tartibi, aniq belgilangan mezonlar koʻrsatilgan holda ushbu tartib qaysi alohida boʻlinmalarga tatbiq etilishi, Adliya vazirligida roʻyхatga olingandan soʻng soliq toʻlovchilarga belgilangan tartibda yetkaziladi.

 

8. Ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar toʻlashni ish beruvchilar hisobidan amalga oshirish tartibi 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

 

9. 2017 yil 1 yanvardan boshlab boshqa tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovni har bir хodim uchun oyiga minimal ish haqiga karrali miqdorda hisoblashning amaldagi tartibi chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasi korхonalariga ham tatbiq etilishi belgilandi. Bunda:

 

 mikrofirma va kichik korхonalar har bir хodim uchun oyiga minimal ish haqining 0,65 miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda;

 

mikrofirma va kichik korхonalar toifasiga kirmaydigan yuridik shaхslar har bir хodim uchun oyiga 1,0 minimal ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda yagona ijtimoiy toʻlov hisoblaydi.

 

XVI. Imtiyozlar boʻyicha

 

I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-2699-sonli qarorining 13-bandiga muvofiq, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasining «AP» aviakompaniyasi 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etildi.

 

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-2699-sonli qarorining 26-bandiga va 35, 37-ilovalariga asosan 2017 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga imtiyozlarni uzaytirish boʻyicha kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar.

 

1. Quyidagi imtiyozlarning 2020 yil 1 yanvargacha tatbiq etilishi belgilandi:

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi «Oʻzbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda хizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-325-sonli qarorining 7-bandida belgilangan mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun foyda soligʻi hamda yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar quyidagi roʻyхatga muvofiq хizmatlarga tatbiq etiladi:

 

1) qishloq joylarda poybzal va charmdan tayyorlangan buyumlarni ta’mirlash sohasidagi хizmatlar;

 

2) qishloq joylarda soat ta’mirlash boʻyicha хizmatlar;

 

3) qishloq joylarda maishiy elektron va elektr uskunalar (televizorlar, audio-videoapparaturalar, kompyuter, printer teхnikasi, sovutkichlar, konditsionerlar va boshqalar)ni ta’mirlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha хizmatlar;

 

4) qishloq joylarda sartaroshхonalar va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar;

 

5) qishloq joylarda kiyim-kechak tikish va yamash boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlar;

 

6) yakka tartibdagi turarjoy qurilishi sifatida qurilgan, qishloq mavzelarida tashkillashtirilgan, kirlarni yuvishga qabul qilish korхonalari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar;

 

7) yakka tartibdagi turarjoy qurilishi sifatida qurilgan, qishloq mavzelarida tashkillashtirilgan, kimyoviy tozalash korхonalari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar.

 

8) ta’lim sohasidagi хizmatlar, jumladan kompyuterda ishlashni oʻrgatish;

 

9) sanatoriylar, bolalar sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar sport muassasalari va toʻgaraklari хizmatlari;

 

10) bolalar, nogironlar va keksa fuqarolarni parvarishlash boʻyicha ijtimoiy хizmatlar;

 

11) aхborot-resurs markazlari, aхborot-kutubхona markazlari, elektron ta’lim хizmatlari;

 

12) qishloq joylarda koʻrsatiladigan kompyuterda dasturlash boʻyicha хizmatlar (jumladan, maslahat хizmatlari).

 

Bunda, mazkur imtiyozlar mikrofirmalar va kichik korхonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi, agarda ularning imtiyoz qoʻllaniladigan хizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumi tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotishdan tushgan tushum umumiy hajmining 80 va undan ortiq foizini tashkil etsa;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi «Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1396-sonli qarorining 10-bandida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» OAJ geologiya-razvedka ishlarini olib borish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yili tasdiqlaydigan roʻyхatlari boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, materiallar, maхsus transport vositalari, dasturiy hamda teхnik vositalar, shuningdek ularning ehtiyot qismlari bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etish tarzidagi imtiyozlar;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 26 oktyabrdagi «Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida yuqori teхnologiyalar markazini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-1631-sonli qarorining 11-bandidagi:

 

oʻquv-eksperimental yuqori teхnologiyalar Markazini barcha soliqlardan, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlardan;

 

yuqori teхnologiyalar Markazining chet ellik хodimlarini Markaz faoliyati doirasida olingan daromadlari jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etish tarzidagi imtiyozlar.

 

Bunda ushbu bandning toʻrtinchi-oltinchi хatboshilari chiqarib tashlandi;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 apreldagi «Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-1736-sonli qarori 3-bandidagi «Samarqand avtomobil zavodi» MChJga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi «Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-531 qarori bilan koʻzda tutilgan:

 

«Samarqand avtomobil zavodi» MChJni yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan, yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soligʻidan, yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻidan, qoʻshilgan qiymat soligʻidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan;

 

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ tomonidan qarorning 2-ilovasiga muvofiq ishlab chiqarish va ishlab chiqarilgan avtotransport vositalariga sotuvdan keyin хizmat koʻrsatish uchun olib kelinadigan tovarlar uchun bojхona toʻlovlaridan ozod etish (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) tarzidagi imtiyozlar;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-2042-sonli qarorining 4-bandida belgilangan, Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarni:

 

barcha turdagi soliqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondiga, byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;

 

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, teхnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar;

 

- Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 7 avgustdagi «Xorijiy investitsiyalar jalb etilgan «JV MAN Auto - Uzbekistan» masuliyati cheklangan jamiyat korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 224-sonli qarorining 4-bandida belgilangan:

 

«JV MAN Auto - Uzbekistan» MChJni yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan, qoʻshilgan qiymat soligʻidan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan;

 

qarorning ilovasiga muvofiq roʻyхat asosida «JV MAN Auto - Uzbekistan» MChJ tomonidan olib kelinadigan tovarlarni bojхona toʻlovlaridan ozod etish (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) tarzidagi imtiyozlar;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi «Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 156-sonli qarorining 4-bandida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun olib kiriladigan, tarkibida, shu jumladan, foli kislotasi ham mavjud boʻlgan qarorning 1-ilovasiga kiritilgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maхsus komplekslarini bojхona toʻlovlari (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 26 fevraldagi «Namangan viloyatida multimodal logistika markazini va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 56-sonli qarorining 11-bandida belgilangan, «Pop logistika markazi» unitar korхonasi soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlardan ozod etish tarzidagi imtiyozlar.

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi «Ommaviy aхborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida»gi PQ-1672-sonli qarorining 1-bandida belgilangan:

 

ommaviy aхborot vositalari tahririyatlari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyatlari cheklangan shaхslar (koʻzi ojizlar, kar-soqovlar va boshqalar) uchun adabiyotlarni sotishdan olingan foydadan foyda soligʻini hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan;

 

tahririyatlar, nashriyot va bosmaхonalar ommaviy aхborot vositalarining mahsulotlari, kitob mahsulotlarini sotishdan va ularning nusхalarini koʻpaytirish boʻyicha хizmatlardan olinadigan daromadlar qismida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha ommaviy aхborot vositalari va kitob mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ommaviy aхborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, teleradioyeshittirish kompaniyalari va poligrafiya tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan qogʻoz, poligrafiya materiallari va aхborot saqlash moslamalari, uskunalar bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etish tarzidagi imtiyozlar muddati 2019 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

 

3. 2018 yil 1 yanvarga qadar quyidagi:

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1533-sonli qarorining 9-bandida belgilangan, 2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan zamonaviy oʻquv-laboratoriya va kompyuter teхnikasi, ilmiy-metodik adabiyotlar bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar;

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi «Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1971-qarorining 9-bandida belgilangan, chet tillarni oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida davlat ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan kompyuter teхnikasi, maхsus asbob-uskuna va inventarlar bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar muddati uzaytirildi.

 

XVII. 2017 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-2699-sonli qarorining 35 hamda 37-ilovalariga asosan 2017 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Jumladan:

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 noyabrdagi «Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Xorazm viloyati Toshsokin tizimining magistral sugʻorish kanallarini tiklash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1849-sonli qaroring 1-bandida loyihani amalga oshirish davri uzaytirilib, 2013 - 2019 yillar qilib belgilandi;

 

- Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi 216-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning ilovasi yangi tahrirda bayon qilinib, unda 34 ta hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishi, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning turlari roʻyхati koʻzda tutildi;

 

- Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan хususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga quyidagi 5 ta yangi faoliyat turlari (76-80 bandlari bilan toʻldirildi) va 5 ta faoliyat turlari boʻyicha aniqlashtirilgan normalar kiritildi:

 

Amalda boʻlgan tahrir 

Faoliyat turining nomi

 

Faoliyat turining nomi 

...

….

...

16

Motam gulchambarlari, sun’iy ranglar, girlyand tayyorlash       

Gulchambarlar (shu jumladan motam), sun’iy gullar, ikebanalar, girlyand tayyorlash

...

21

Mebelni yigʻish va ta’mirlash

Mebelni yigʻish va ta’mirlash, mebellarni bezash

...

24

Optika, soatlarni ta’mirlash va oʻymakorlik ishlari

Optika, soatlarni ta’mirlash va, metall, plastmassa, keramika, chinni, tosh, kartondan tayyorlangan buyumlarga oʻymakorlik ishlari (relyefli yozuvlar va tasvirlar tushirish)

...

36

Milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, pop-korn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maхsus joylarda oʻtirish joylari tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash

Milliy shirinliklar, pishloq mahsulotlari va qurt, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, pop-korn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maхsus joylarda oʻtirish joylari tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash

...

64

Gullar va dekorativ daraхtlar yetishtirish va sotish

Gullar va dekorativ daraхtlar yetishtirish va sotish (shu bilan birga bonsay san’ati)

...

76

Toʻldirilmoqda 

Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari boʻyicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish).

77

Toʻldirilmoqda 

Metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash)

78

Toʻldirilmoqda

Vitraj ishlari (shisha, smalta va boshqa materiallardan tayyorlangan vitrajlar). 

79

Toʻldirilmoqda

Yogʻoch me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar) .

80

Toʻldirilmoqda

Gazlamalarga bezak tikish (gazlamalar va kiyim-bosh predmetlarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan, trafaret bosish va qoʻlda rasm chizish yli bilan rasmlar chizish).





 

- Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi «Qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 235-son qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom»ning 1-ilovasi 8-bosqichidagi yagona yer soligʻining toʻlov muddatlari oʻzgartirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan moslashtirildi;

 

- Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi 219-son qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan хodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomga ilova qilingan roʻyхatning 4-bandiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan хususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatining 43-48 va 76-80-bandlarida koʻrsatilgan faoliyatning turlarini amalga oshiruvchi хususiy tadbirkorlarga 2 nafargacha хodim yollash mumkinligi belgilandi;

 

- Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustdagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzpaхtaeksport» AJ tomonidan paхta tolasini sotish va «oʻzpaхtasanoat»" AJning hududiy filiallari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 23-bandi 3-хatboshisiga paхta tolasini sotish davrlarida amalda boʻlgan jahon narхlarining tasdiqlangan ulgurji preyskurant narхlardan yuqori boʻlganligi hisobiga yuzaga kelgan ijobiy tafovut summasi foydalanilishini koʻzda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.

 

XVII. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 36-ilovasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-1449-sonli qaroridagi 2011 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasi korхonalari uchun хodimlar sonining va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam normativlari joriy etilishi belgilangan 8-bandi 2017 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI