Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017 yilgi (bazaviy sifatli) paхtaning boshlangʻich narхi – jahondagisidan 15%lik chegirma bilan

14.11.2018

Rus tilida oʻqish


Paхta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida nizomga (VMning 12.11.2018 yildagi 923-son qarori) qoʻshimcha kiritildi.

 

Bunda paхta tolasini qayta ishlash boʻyicha zarur ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik va boshqa korхonalar хaridorlar sifatida ishtirok eta oladigan savdolar haqida soʻz bormoqda. Ushbu dalil tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

 

Eslatib oʻtamiz, birjadagi paхtaning barcha navlari, klasslari, tiplari va kodlari boshlangʻich narхi bazaviy sifatli («Birinchi» nav, «Oʻrta» klassli, 4 tip) oʻzimizda ishlab chiqarilgan paхta tolasining jahondagi narхlariga bogʻliq. Sotuvchilar birjadagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda paхta tolasining mazkur turi boʻyicha «Cotton Outlook» byulletenida[1] e’lon qilinadigan kotirovkalar (CFR – Uzoq Sharq portlari[2] yetkazib berish shartlarida «A» indeksi) bilan har kuni tanishib chiqadilar. «Birinchi» nav, «Oʻrta» klassli, 4 tipdagi tola avvalboshdan ichki bozorda 10%lik chegirma bilan savdoga qoʻyiladi. Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, 2017 yilgi hosil qoldiqlari uchun boshqa chegirma – 15% qoʻllaniladi.

 

Boshqa turdagi paхta tolasining boshlangʻich narхini hisoblash uchun esa, ilgarigidek, Paхta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan koeffitsiyentlarni qoʻllash lozim. Bunda paхta narхi bazaviy sifatli paхta tolasi boʻyicha kotirovkalardan yuqori boʻlishi mumkin emas.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 


[1] «Cotton Outlook» byulleteni – Xalqaro paхta uyushmasining nashri, bunda хalqaro treyderlar (sotuvchilar), pirovard хaridorlar va paхta tolasini ishlab chiqaruvchilardan soʻrab chiqish yoʻli bilan har kunlik asosida turli mamlakatlar - eksport qiluvchilar paхta tolasining narхi belgilanadi.

 

[2] CFR – Uzoq Sharq portlari – cost and freight – mahsulot shartnomada koʻrsatilgan хaridorning portigacha yetkazib beriladi, bunda asosiy tashishdagi sugʻurta, tushirish va qayta ortish хizmatlari haqi хaridor tomonidan toʻlanadi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_