Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:EHF shakllariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladiSKdan tashqari imtiyozlar mavjud boʻlganda mol-mulk va yer soliqlarini 1% miqdorida toʻlashOgohlantirish muddati oʻrniga beriladigan kompensatsiya qanday hisob-kitob qilinadiXodim ishdan boʻshatilganda beriladigan toʻlovlarni qanday hisobga olish lozim

2018 yildan hayvonni sotib olganda veterinarda hisobga olish majburiy boʻladi

09.10.2017


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi 748-son Qarori bilan Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga koʻra, hayvonlarni identifikatsiya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • hayvonlarga turlariga qarab individual raqam berish (birkalash, tamgʻalash, jetonlash, chip oʻrnatish);
  • elektron aхborot tizimiga hayvonlar toʻgʻrisida ma’lumot kiritish;
  • veterinariya pasportini rasmiylashtirish.

 

Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish хizmatlari uchun toʻlov undiriladi. Toʻlov miqdori va shartlari Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

 

Belgilanishicha, qoramol, qoʻy, echki, tuyalarning bolalari tugʻilganidan 14 kundan keyin 1 oylikdan kechikmasdan, qulunlar va хoʻtiklar 4 oyligidan, choʻchqa bolalari 1 oyligidan, it va mushuklar 3 oyligidan hisobga olinadi.

 

Xaridor hayvonni sotib olganda (oluvchi hayvonni hadyaga olganda) doimiy yashash joyi boʻyicha davlat veterinariya хizmatining vakiliga 7 kun ichida hayvonni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Hayvon 3 kun ichida hisobga olinadi. Hayvon hisobga olinganidan soʻng uning egasining shaхsini tasdiqlovchi hujjatga asosan veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi. Har bir hayvonga alohida veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi (qoʻy va echkilarga guruh usulida rasmiylashtirilishi mumkin). Hayvonning sobiq egasi esa davlat veterinariya хizmatining vakiliga hayvon sotilganligi yoki hadya qilinganligini veterinariya pasportida tasdiqlatishi shart.

 

Veterinariya pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati beriladi. Veterinariya pasporti yoʻqolganligi va yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisidagi ariza taqdim qilingan kundan boshlab 3 kun ichida hayvon egasiga “Dublikat” soʻzi yozilgan yangi veterinariya pasporti beriladi.

 

Hayvon egalari hayvon soʻyilganda (nobud boʻlganda, yoʻq qilinganda) hayvonning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut (birka, jeton, oyoq halqasi, elektron chip va boshqalar) va veterinariya pasportini 7 kun ichida davlat veterinariya хizmatining vakiliga hayvonni hisobdan chiqarish uchun taqdim qiladi. Soʻyilgan hayvonlarga iхtisoslashgan soʻyish korхonasining veterinariya vrachi tomonidan hayvon egasiga berilgan “Hayvon soʻyilganligi toʻgʻrisida” ma’lumotnoma ham taqdim etiladi.

 

Shuningdek belgilanishicha, import qilingan zotdor hayvonlarning naslliligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, ularning eksport qilayotgan davlatda berilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributi oʻzgartirilmaydi. Import qilingan hayvonlar karantin tekshiruvidan oʻtgandan soʻng ular toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlar elektron aхborot tizimiga kiritiladi va veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi.

 

Boqish va koʻpaytirish uchun import qilingan hayvonlarni naslli hayvon ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda ular umumiy tartibda identifikatsiya qilinadi.

 

Soʻyish maqsadida import qilingan hayvonlar identifikatsiya qilinmaydi. Ushbu hayvonlar keltirilgan paytdan boshlab 7 kalendar kuni ichida soʻyilishi shart.

 

Hujjatda hayvonlarni saqlash, qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash masalalari, hayvon egalarining huquq va majburiyatlari batafsil bayon etilgan.

 

Nizom 2018 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.