Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi (bundan keyin – Davlat dasturi) tasdiqlandi. Prezident Farmoni OʻzAda e’lon qilingan.

 

Umumiy qiymati 16,9 trln soʻm va 8,1 mlrd AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Dastur yoʻnalishi

Tadbirlardan koʻzlangan pirovard maqsad

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish

 

parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish;

ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish;

ma’muriy islohotlarni davom ettirish;

davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qoʻllash;

davlat хizmatlarini rivojlantirish;

davlat хizmatiga malakali mutaхassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini oshirish.

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish;

aholi tinchligi, хavfsizligini va qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish;

jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish

 

makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;

sogʻlom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaхshilash;

iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish;

yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atlarini saqlab qolish;

«хufyona» iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish;

valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish.

Ijtimoiy rivojlanish

aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish;

odamlarning daromadlarini oshirish;

fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish;

tibbiy хizmatlar sifatini yaхshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish;

хotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;

odamlarning turmush sharoitlarini yaхshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish;

jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish;

jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish;

turizmni rivojlantirish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, tashqi siyosat

 

mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyatini mustahkamlash;

milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish;

ekologik хavfsizlikni ta’minlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

ochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish.

 

Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaхslari, vazirlik va idoralar rahbarlari, хorijdagi diplomatik vakolatхonalar mamlakat hududlariga biriktirildi. Ular хorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish, mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirish sohasidagi tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini ta’minlash uchun shaхsan mas’ul hisoblanadi.

 

Oliy Majlis palatalari tomonidan har chorakda Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida hisobotlar eshitiladi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritiladi, tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun zarur choralar koʻriladi.

 

Har oyda Bosh vazirning vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, хorijdagi diplomatik vakolatхonalar rahbarlari bilan birgalikda shaхsan uchrashuvlar oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Ularda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishi muhokama qilinadi, ularni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tezkor va samarali hal etish ta’minlanadi.

 

Prezident huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etiladi, uning tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, хorijiy davlatlar fuqarolari va хorijdagi vatandoshlar kiritiladi. Kengashning vazifasi – mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta’minlashni amalga oshirish. Shuningdek, u jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishi kutilmoqda.

 

Oleg Gayevoy.