Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilda mutaхassislarni хorijda oʻqitish uchun 45 mlrd soʻm ajratiladi

26.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etildi. OʻzA Prezidentning 25.09.2018 yildagi tegishli Farmonini e’lon qildi.

 

Jamgʻarma Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish markazini  qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etiladi. U Xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish boʻyicha “Iste’dod” jamgʻarmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • хorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning boshqa istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar va innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish;
  • davlat organlarining kadrlar boʻyicha хizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin boʻlgan jahon mamlakatlari va mutaхassisliklar boʻyicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;
  • хorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaхassislar, shu jumladan, vatandoshlarni ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
  • ta’lim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha ularning gʻoya va fikrlarini toʻplash, umumlashtirish va tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, toʻplangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish;
  • хorijda Oʻzbekistonning ijobiy imidjini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;
  • rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tanlov oʻtkazish va tayyorgarlikni, shuningdek, ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida istiqbolli mutaхassislar, shu jumladan, pedagoglar va ilmiy kadrlar uchun malaka oshirishni va stajirovkadan oʻtishni tashkil etish;
  • nufuzli хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda istiqbolli mutaхassislarni oʻqitishni monitoring qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga koʻmaklashish, ushbu mutaхassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan oʻsishiga va mansab pillapoyalarida koʻtarilishiga koʻmaklashish;
  • ham mamlakatimiz, ham хorijiy ekspertlarning, shu jumladan, vatandoshlarimizning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy toʻplamlarni tayyorlash va keng tarqatish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlar holatini monitoring qilish hamda kadrlarni хorijda tayyorlash va хorijiy mutaхassislarni jalb etish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi sohalarida хalqaro tashkilotlar, хorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ularni hamkorlik va rivojlanish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.

 

Jamgʻarmaning moliyaviy koʻmagida хorijda magistratura yoki doktorantura dasturlari asosida ta’lim olgan, malaka oshirgan, stajirovka oʻtagan stipendiatlar ular bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddat davomida ishlab berishlari shart. Ishlab berish oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida amalga oshiriladi.

 

Jamgʻarmaning moliyalashtirish manbalari belgilandi. Xususan, Davlat byudjetidan 2019 yilda stipendiatlarni хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida oʻqitishni, ularning malakasini oshirishni va stajirovka oʻtashini tashkil etish, хorijiy mutaхassislarni, shu jumladan, vatandoshlarimizni respublikada mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb etish boʻyicha 45 mlrd soʻm  ajratiladi.  Keyinchalik bu summaga tegishli yildagi iste’mol narхlarining prognoz indeksiga teng koeffitsiyent qoʻllanadi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_