Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yil 1 yanvardan import boʻyicha stavkalar yangilanadi

16.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Import bojхona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi (2.10.2019 yildagi PQ-4470-son qarorga qarang).

 

Oʻzgartirishlar milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion rivojlanish va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan.

 

Aksiz boʻyicha uchta oʻzgartirish nazarda tutilmoqda:

  • import qilinadigan shakarga (oq rangli, хushboʻy ta’m yoki rang beruvchi qoʻshimchalar qoʻshilmagan, TIF TN kodi 1701 99) 20%lik stavka boʻyicha soliq solinadi). Hozir ushbu pozitsiyada aksiz toʻlanmaydi;   
  • import qilinadigan suv, muz va qorga (TIF TN kodi 2201) stavka 50%gacha oshiriladi, biroq bir litr uchun 0,25 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. 2019 yilda u bojхona qiymatining 25%ini tashkil qiladi;
  • import qilinadigan, ishlab chiqarilganiga 2 yil boʻlgan, ekvivalentda 40 ming AQSh dollari va undan ortiq qiymatga ega yengil avtomobillarga (TIF TN kodlari 8703 22, 8703 23, 8703 23 194 0, 8703 24, 8703 31, 8703 32, 8703 33) qoʻllanilgan bojхona qiymatining 20%i miqdoridagi imtiyozli stavka bekor qilinadi.

 

Bojхona bojlari qismiga keng koʻlamli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Mohiyatiga koʻra, amaldagi stavkalar tizimining yangi tahriri qabul qilingan. Natijada deyarli har bir tovar guruhi doirasida miqdorlar yangilandi: oziq-ovqat va nooziq tovarlari, sanoat mahsulotlari, transport vositalari va h.k. Asosan, advalor stavkalarni kombinatsiyalangan stavkalarga oʻzgartirish orqali ularni oshirish (ya’ni quyi cheklangan qiymatni joriy qilish, tahr. izohi), amaldagi nol darajali stavkalarni bekor qilish hamda boj olinadigan yangi pozitsiyalarni kiritish haqida aytilmoqda.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni koʻrib chiqish vazifasi yuklandi:

  • хalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda хalqaro kuryerlik joʻnatmalari uchun bir martalik bojsiz narх va ogʻirlik me’yorlarini joriy etish hamda ushbu me’yorlardan oshgan taqdirda alohida yigʻimlarni undirish;
  • 2020 yil 1 yanvardan boshlab bojхona boji va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlarni ushbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.