Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilda milliy hisoblarning yangi tizimini joriy etishni boshlaydilar

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

U makroiqtisodiy koʻrsatkichlar qamrovining toʻliqligini va YaIMni yakuniy iste’mol usulida hisoblash metodologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi (VMning 19.08.2019 yildagi 691-son qarori).

 

Davstatqoʻm “Milliy hisoblar tizimi-2008” qoʻllanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha ishlar olib bormoqda. Makroiqtisodiy statistikaning хalqaro standartlarini joriy etish va milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish masalalari boʻyicha XVJ, OTB, Jahon banki, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va MDH Statistika qoʻmitasi bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

 

2020    yil 1 yanvardan boshlab milliy hisoblarning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Amalda roʻyobga chiqarish uchta asosiy yoʻnalishda mujassamlanadi:

  • iqtisodiy statistikani, shu jumladan milliy hisoblar stastistikasini takomillashtirish;
  • davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish va byudjet ma’lumotlarining ochiqligiii oshirish;
  • tashqi sektor statistikasini va pul-kredit statistikasini takomillashtirish.

 

Davstatqoʻm va Moliya vazirligiga iqtisodiy statistikani, jumladan, milliy hisoblar statistikasini tuzish uchun aхborot resurslarini shakllantirish masalalarida manfaatdor vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish va respublikada makroiqtisodiy statistika masalalarida хalqaro hamkorlikni kengaytirish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.