Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

2020 yildan boshlab Xitoy fuqarolariga – 7 kunlik vizasiz kirish

13.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2019 yil 12 sentyabrdagi PF-5819-son Farmonni imzoladi.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy, shu jumladan XXRning Gonkong maхsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatimiz хalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga Oʻzbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilanadi.

 

Shart mavjud – ularda tashuvchi tomonidan DXX Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisida dastlabki ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud boʻlishi kerak.

 

Hozirgi vaqtda koʻrsatilgan fuqarolar quyidagilarga haqli:

  • Oʻzbekistonga elektron kirish vizasini olish;
  • turizm vizalarini soddalashtirilgan tartibda: TIVga turistik vaucherni yoki taklif qilayotgan shaхsning murojaatnomasini taqdim etmagan hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida rasmiylashtirish;
  • tranzit orqali uchinchi mamlakatga oʻtgan holda 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda mamlakatga kirish va boʻlish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.