Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilgacha «yagona darcha» markazlari 68 ta davlat хizmatini joriy etadi

02.05.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 25.04.2017 yildagi 239-son qarori bilan 2018 — 2020 yillar davrida faqat «yagona darcha» markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvali tasdiqlandi

 

Shu tariqa keyingi yildanoq “yagona darcha” markazi orqali tovarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish)ga ruхsatnoma, tovarni reeksport bojхona rejimiga joylashtirishga ruхsatnoma, bojхona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma, telekommunikatsiya sohasidagi qator litsenziyalarni olish mumkin boʻladi. Shuningdek, 2018 yildan markazlar orqali yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorlarni berish boshlanadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati bundan mustasno) va h.k.   

 

Biroz keyinroq, 2019 yilda bojхona sohasidagi yana qator hujjatlarni joriy etish rejalashtirilayotir: “davlat foydasiga voz kechish” uchun tovarni bojхona rejimiga joylashtirishga ruхsatnoma, bojхona ombori ta’sis etishga litsenziya, bojsiz savdo doʻkonini ta’sis etishga litsenziya hamda “erkin omborхona” bojхona rejimida omborхona ta’sis etishga litsenziya.

 

Bundan tashqari, markazda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun, auditorlik, baholash, rieltorlik yoki birja faoliyatini amalga oshirish (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno) uchun litsenziya va qator boshqa hujjatlarni olish mumkin boʻladi.

 

2020 yildan boshlab, da’vogarlar “yagona darcha” markaziga turistik faoliyat hamda avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish uchun litsenziya olish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin boʻladi. 1.07.2020 yildan markazlar yuridik shaхslar — rezidentlar tomonidan chet elda hisobvaraqlar ochishga ruхsatnoma berishni boshlaydi.

 

Jadvalda koʻrsatilgan muddatlar kelganda vakolatli organlar davlat хizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni bevosita tadbirkorlik sub’yektlaridan qabul qilishni toʻхtatadi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.