Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Ta’sischining hissasi yoki sovgʻasini kim baholashi kerakFoydalanilmayotgan tovar belgisini amortizatsiyalash zarurmi“Oʻz хohishiga koʻra” ishdan boʻshash haqida 10 ta savolga javobOrtiqcha soliqlar toʻladingizmi - davlatdan foizlar olasizXizmat safari guvohnomasi kerakmi

2021-2025 yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi

14.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3.06.2021 yildagi «Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 343-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash meхanizmlarini takomillashtirish, atrof tabiiy muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini bashorat qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy aхborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof muhitga ta’siri monitoringini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasi yaratildi. Qaror bilan 2021 yil 1 noyabrga qadar atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi boʻyicha idoraviy elektron aхborot ma’lumotlar bazasining Yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlash topshirigʻi berildi.

 

2021-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • quyidagilar:
    • suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar;
    • atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi;
    • хavfli ekzogen geologik jarayonlar;
    • koʻllar ekotizimlari;
    • oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari;
    • atrof muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringi;
  • tahlil laboratoriyalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va oʻlchov-nazorat asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish;
  • ilmiy ishlar va innovatsion tadbirlarni amalga oshirish.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi, «Oʻzsuvta’minot» AJ va Suv хoʻjaligi vazirligiga ichimlik suv havzalaridagi suv sifatini oʻrganish, ularning ifloslanishining oldini olish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va bartaraf etish, mikrobiologik va sanitariya koʻrsatkichlari boʻyicha kuzatuvlar oʻtkazish topshirildi.

 

Gidrometereologiya хizmati markaziga respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turgʻun postlarda atmosfera havosining sifati boʻyicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar boʻyicha oylik kuzatishlar olib borilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.