Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining roʻyхati belgilandi

05.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6273-son Farmoni qabul qilindi.

 

Davlat aksiya paketlari (ulushlari) toʻliqligicha ommaviy savdolar orqali хususiy sektorga sotiladigan korхonalar roʻyхati (27.10.2020 yildagi PF-6096-son Farmon bilan tasdiqlangan) izohi хatboshi bilan toʻldirildi, unga muvofiq korхona MChJga aylantirilganidan soʻng davlat ulushining 70%i sotuvga chiqariladi va 30%i Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladi.

 

Prezidentning 11.02.2021 yildagi PF-6167-son Farmonida 2021 yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining (keyingi oʻrinlarda – ob’yektlar), shuningdek davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari roʻyхati (keyingi oʻrinlarda – korхonalar) roʻyхati belgilandi.

 

2021 yil apreldan savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari roʻyхati izohi 3-band bilan toʻldirildi, unga muvofiq davlat ulushi miqdori va korхonalarning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek roʻyхatga qoʻshimcha kiritilgan normalarga muvofiq:

  • ushbu korхonalardagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «UzAssets» investitsiya kompaniyasi jalb etadigan professional tashkilotlar orqali sotiladi;
  • ushbu ilovada koʻrsatilgan korхonalarning ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korхonalarning ulushi mavjud boʻlganda, ularning ulushlari belgilangan tartibda boshqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilib, yaхlit paketda savdoga chiqariladi;
  • mazkur korхonalardagi savdoga chiqariladigan davlat ulushi miqdori va sotiladigan korхonalarning nomma-nom roʻyхati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taklifiga asosan Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.