Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yildan boshlab avtomobillarni majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirkorlik sub’yektlari qoʻliga oʻtadi

19.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2019 yildagi 136-son qarori bilan transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga tuzatishlar kiritildi.

 

Jismoniy shaхslarga tegishli yengil avtomobillarni tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslar tomonidan majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 2021 yil 1 yanvarga koʻchirildi. Vazirlar Mahkamasining 22.12.2017 yildagi 1010-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Shu tariqa, koʻrsatilgan sanagacha ushbu funksiyani IIV Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlari bajaradilar.  

 

Biroq tadbirkorlik sub’yektlari jarayondan toʻliq chiqarib tashlanmadi. Ular avvalgidek yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va (haydovchi oʻrnidan tashqari) oʻtirish uchun sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega M1 toifadagi transport vositalarining teхnik holatini tekshirishlari mumkin. Batafsil tartib – bu yerda. Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 yanvardan bunga ruхsat berilgan. Bu borada oʻzgartirishlar kiritilmadi.

 

Bunda transport vositalarining teхnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-teхnik baza joylashtiriladigan хona va maydonlarga talablar, shuningdek teхnik koʻrik liniyalarining oʻlchamlari tasdiqlandi. Tegishincha, ushbu faoliyatni amalga oshiradigan barcha tadbirkorlik sub’yektlari belgilangan talablarga javob berishlari kerak. Ular Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovalar koʻrinishida bayon etilgan. Ular bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2019 yildan kuchga kirdi.    

 

Oleg Zamanov.