Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yildan kamida bir sutkaga chegarani kesib oʻtganlar alohida hisobga olinadi

26.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, tashqi sektor statistikasi – toʻlov balansi va хalqaro investitsiya pozitsiyasi, yalpi tashqi qarz va qarzga хizmat koʻrsatish jadvali, хalqaro zaхiralar, tovarlarning хalqaro savdosi va ayirboshlash kurslarini oʻz ichiga oluvchi ma’lumotlar toifasi. Boshqalar qatori, mamlakatimizga kiruvchi va undan chiquvchi Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar fuqarolarining soni hisobga olinadi.  

 

Server uskunasi modernizatsiya qilingandan keyin DXX Chegara qoʻshinlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 2021 yil 1 yanvardan boshlab kamida 24 soatga ketuvchi/keluvchi хorijiy fuqarolar va hamyurtlarimiz soni haqidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etadi.  

 

Ma’lumotlar bir oyda keluvchilar/ketuvchilar umumiy soni haqidagi aхborotga qoʻshimcha ravishda tuziladi. Quyidagilar hisobga olinadi:

  • safardan maqsad: хizmat, oʻqish, ish, turistik, qarindoshlarnikiga borish, davolanish, doimiy yashash uchun, tijorat, tranzit, boshqalar;
  • fuqarolar va хorijiy fuqarolarning jinsi va yoshi tavsifi;
  • chegarani kesib oʻtish usuli (aeroport, temir yoʻl, avtotransport), shu jumladan qayerdan kesib oʻtganligi: Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston yoki Qirgʻiziston bilan chegara orqali.  

 

Shunga asosan solishtirma dinamikada turistik хizmatlar (safar) eksporti va importi koʻrsatkichlari shakllantirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_